Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:45

Xalq sevgan kinolar muallifi Melis Abzalov olamdan o‘tdi


Abzalov so‘nggi yillarda Shvetsiyada qizi Naziraning uyida yashayotgan edi.
Abzalov so‘nggi yillarda Shvetsiyada qizi Naziraning uyida yashayotgan edi.

O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri xalq sevib tomosha qilib kelayotgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duel", "Maysaraning ishi, "Armon", "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" kabi filmlarning rejissyori Melis Abzalov bugun, 25 oktabr kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda 78 yoshida olamdan o‘tdi.

Abzalov so‘nggi yillarda Shvetsiyada qizi Naziraning uyida yashayotgan edi.

Melis Abzalov xalq sevib tomosha qilib kelayotgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duelь", "Maysaraning ishi, "Armon", "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" kabi filьmlarni suratga olgan.
Melis Abzalov xalq sevib tomosha qilib kelayotgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duelь", "Maysaraning ishi, "Armon", "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" kabi filьmlarni suratga olgan.

U Shvetsiyada o‘z qizining xonadonida hayotdan ko‘z yumgan. Melis Abzalovning kuyovi Najot akaning aytishicha, kinorejissyor 26 oktyabrь kuni mahalliy vaqt bilan 11 da Stokholm shahridagi musulmonlar qabristonida dafn etiladi.

-Ertaga 11 da Stokgolmdagi musulmonlar qabristoniga ( Kungsängen kyrkogård Kyrkvägen 35) dafn qilinadi, - dedi kinorejissyorning yaqinlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Hozirda Abzalovning qizi va o‘g‘li hamda olti nevarasi Shvetsiyada yashaydi.

Taniqli kinorejissyor Ali Hamroev Ozodlik bilan Melis Abzalov haqida gapirarkan yaqin do‘stidan ayrilganini aytdi.

Мелс Абзалов ҳақида кинорежиссёр Али Ҳамроев хотиралари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:25 0:00
Бевосита линк

Melis Abzalov tirikligida Ozodlik radiosi bilan suhbat qurib¸ kino dunësining mashaqqatli yo‘liga qanday kirgani haqida hikoya qilgan edi.

Мелис Абзалов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:22 0:00
Бевосита линк

Melis Abzalov keyingi 30 yilda o‘zbeklarning bir necha avlodi tarafidan sevib tomosha qilinib kelinadigan ommabop "Chinor ostidagi duel" filmini suratga olgan edi. Filmda bosh rolni o‘ynagan Rashid Malikov Ozodlik bilan suhbatda Melis Abzalovni ma’naviy otam edi deya esladi.

Рашид Маликов: Мелис Абзалов қўлимдан ушлаб мени кинога олиб кирган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:32 0:00
Бевосита линк

Melis Abzalovni elga tanitgan "Chinor ostidagi duel"¸ "Suyunchi" va "Armon" filmlari stsenariysi muallifi yozuvchi Rixsivoy Muhammadjonov "nega biz millat fidoiylarini o‘lganidan so‘ng qadriga etamiz" deya gap boshladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:01 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG