Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 14:24

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza rejimi yumshashi mumkin


Shoqosim Shoislomov

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomovning aytishicha, O‘zbekiston va Tojikiston rahbariyati ikki mamlakat o‘rtasida viza rejimini yumshatish masalasini muhokama qilishga kelishib oldi. Sobiq prezident Islom Karimov vafoti ortidan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanayotgani alomatlari ko‘zga tashlanmoqda. ​

25 oktabrda Dushanbe shahrida Tojikiston davlat muassasalari va matbuot xodimlari bilan yig‘in o‘tkazgan Shohislom Shoqosimovga ko‘ra, vatandoshlarning chegaradan o‘tish tartibini, chegara oldi hududlarida yashovchi aholining bordi-keldisini va viza berish tartibini yengillashtirish masalalari kun tartibiga qo‘yilgan.

Elchi bu boradagi so‘zlashuvlar qachon va qaerda bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot bermadi.

“Hozircha viza rejimini to‘la bekor qilinishi haqida gapirishga erta. Balki Afg‘onistondan radikal guruhlarning kirib kelishi tahdidining oldi olinganidan so‘ng bu borada qaror qabul qilish mumkin bo‘ladi”, deb bildirdi Shoqosim Shoislomov.

Shohislom Shoqosimov ikki qo‘shni mamlakat aloqalari yangi jarayonga kirganini ma’lum qildi. ​

"O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Dushanbega safari va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan hamkorlikning muhim masalalarini muhokama etishi ortidan munosabatlar yanada rivojlanishiga umid bor," deb aytdi.

Shohislom Shoqosimov asosan yaxshi qo‘shnichilik rishtalari haqida gapirib, ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalar kengayishi keragligini ta’kidladi.

Elchi yig‘ini O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning Islom Hamkorlik Tashkiloti tashqi ishlar vazirlarining Toshkentdagi uchrashuvida qilgan nutqini tanishtirishga bag‘ishlangan esa-da, Shoqosimov ikki qo‘shni munosabatlariga bag‘ishlangan savollarga ham javob berdi.

Islom Hamkorlik Tashkiloti yig‘ini o‘tgan hafta Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.

Transport-kommunikatsiya tizimlari, sanoat va savdosi Sovet Ittifoqi davrida bir-biriga chambarchas bog‘langan O‘zbekiston va Tojikistonning ayni sohalargi aloqalari mustaqillik yillarida deyarli barbod bo‘ldi.

1990-yillar boshida Tojikistondagi fuqarolar urushidan xavotirga tushgan O‘zbekiston dastlab havo va temir yo‘l aloqalarini bekor qildi.

Keyinroq Tojikiston osha Farg‘ona vodiysiga tushgan yo‘ldan foydalanish to‘xtadi.

O‘zbekiston Tojikiston vatandoshlariga viza tizimi joriy etdi va chegara mintaqalarini minalashtirib chiqdi.

Ammo prezident Islom Karimov vafoti ortidan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanayotgani alomatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Ўзбекистон делегацияси Тожикистон шимолида меҳмон бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:25 0:00

Ikki hafta oldin o‘zbekistonlik tadbirkorlar Tojikiston shimolidagi Sug‘d viloyatiga tashrif buyurib, mahalliy faollar bilan muloqot o‘tkazgan va hamkorliklarni muhokama qilgan edi.

29 sentabrda Dushanbeda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashib, ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, energetika va naqliyot sohalarida hamkorlikni yaxshilash masalalarini muhokama etgandi.

XS
SM
MD
LG