Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:34

Taniqli kinorejissyor Melis Abzalov Shvetsiya poytaxtida tuproqqa qo‘yildi


Melis Abzalov janoza marosimidan fotosurat
Melis Abzalov janoza marosimidan fotosurat

O‘zbekistonda taniqli kinorejissyor Melis Abzalov 26 oktabr kuni Shvetsiya poyxtati Stokholmda to‘proqqa qo‘yildi, deya xabar beradi Ozodlik mobil muxbiri.

Unga ko‘ra, kinorejissyor mahalliy vaqt bilan 11da Stokholm shahridagi musulmonlar qabristonida dafn etildi.

Ozodlik muxbirining ma’lum qilishicha, janoza marosimida 50dan ziyod o‘zbekistonliklar, rejissyor tanishlari va yaqinlari ishtirok etdi.

Melis Abzalov Stokholmdagi musulmonlar qabristoniga ko‘mildi
Melis Abzalov Stokholmdagi musulmonlar qabristoniga ko‘mildi

Melis Abzalov 25 oktabrda 78 yoshida yurak xurujidan olamdan o‘tgandi.

Ayni paytda kinorejissyorning Toshkentdagi uyida ham vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kinorejissyor yaratgan "Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duel", "Maysaraning ishi, "Armon", "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" kabi filьmlar o‘zbek kinosevarlariga yaxshi tanish.

Melis Abzalovni Toshkentda yaqinlari xotirlashdi
Melis Abzalovni Toshkentda yaqinlari xotirlashdi

Hozirda Abzalovning qizi va o‘g‘li hamda olti nevarasi Shvetsiyada yashaydi.

Abzalov so‘nggi yillarda Shvetsiyada qizi Naziraning uyida yashayotgan edi.

XS
SM
MD
LG