Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:22

Hillari Klinton: prezidentlik ostonasida turgan ayol hayotiga nazar


Hillari Klinton ko‘plab tarixiy yutuqlarga erishgan. Ularning eng so‘nggisi Demokratlar partiyasidan prezidentlik nomzodini qo‘lga kiritgan ilk ayol maqomidir. Sobiq birinchi xonim, sobiq senator va davlat kotibi endi "Prezident xonim" unvonini qo‘lga kirita oladimi? Buning javobini bugungi saylov yakunida bilamiz. Tarafdorlari va hatto respublikachi raqibi Donald Tramp tomonidan "kurashchi" deya atalgan Klintonning hayot yo‘liga nazar tashlaymiz.

Hillari Klinton prezidentlik uchun demokratlar nomzodini qo‘lga kiritgan ilk ayol sifatida tarixga kirdi.

"AQSh prezidentligi uchun nomzodlikka tavsiyangizni qabul qilaman", - deya hayqirdi u.

Ҳиллари Клинтон ҳаётига назар
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:49 0:00
Бевосита линк

69 yoshli Klintonning bunday tarixiy yutuqlari oz emas.
Klinton 1969-yil Vellesli kollejining birituv marosimida nutq qilgan ilk talaba bo‘ldi.

Yel universitetida Bil Klinton bilan tanishdi. Ular turmush qurib, Chelsi ismli farzand ko‘rishdi. Bil Klinton 1992-yil AQSh prezidenti etib saylandi. Hillari Klinton an’anaviy birinchi xonimlardan farqli o‘laroq siyosatda faol bo‘ldi.

Ron Fornier Klintonlar karerasini yaqindan kuzatgan jurnalist.
"U turmush o‘rtog‘i bilan uzoq yillik siyosiy kareraga ega bo‘lishini bilgan", - deydi u.

Ammo o‘rtada mojarolar ham chiqdi. Prezident Klintonning Monika Levinski bilan don olishgani ular obro‘siga jiddiy zarba bo‘ldi. Hillarining o‘zi ham boshqa ishlar bo‘yicha tergovga tortildi, deydi Jorjtaun universiteti professori Stefen Veyn.

"Uning samimiyligiga shubha qiladigan odamlar bor", - deydi Veyn.
2001-yil Hillari Klinton Nyu-Yorkdan senatorlikka saylanib, bunday lavozimni qo‘lga kiritgan ilk birinchi xonim bo‘ldi. U 2003-yil Iroq urushini yoqladi, 2007-yil esa immigratsiya islohoti uchun ovoz berdi
"Fuqarolikka yo‘l ochadigan immigratsiya tizimi kerak bizga", - dedi Klinton.

Prezident Barak Obama uni davlat kotibi qilib oldi. Bu lavozimda Klinton 112 davlatga safar qilib, rekord ko‘rsatkichga erishdi.

Liviyaning Bing‘ozi shahrida 4 amerikalik halok bo‘lgan hujum uchun Klinton keskin tanqidlarga uchradi.

2016-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasida esa elektron maktublari yana bir mashmashaga aylandi.

Klinton davlat yozishmalari va maxfiy hujjatlarni shaxsiy server orqali jo‘natgani ancha ovoza bo‘ldi. Ammo Federal Qidiruv Byurosi bu ishda jinoyat izini topmadi.

"Jinoiy ish ochishga asos yo‘q", - dedi byuro rahbari.

Ammo saylovga 10 kun qolganda, yangi maktublar topilgani bois Federal Qidiruv Byurosi ishni qayta ochdi. Ovoz berishdan 2 kun oldin tergov xulosasi e’lon qilindi: bu safar ham jinoyat alomatlari topilmagan.

XS
SM
MD
LG