Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:43

66 yashar o‘zbek muhojiri Rossiya deportatsiya markazida qolmoqda


Ozodlikka murojat qilgan marg‘ilonlik 66 yoshli Komiljon Hasanov 4 oydan buyon Rossiyaning Tver shahri chet elliklarni saqlash (SUVSIG) markazida ushlab turilganini aytdi. Markazdagi sharoit qamoqxonadan farq qilmasligini aytgan otaxon, o‘zidan ko‘ra ushlab turilgan yosh bolali o‘zbek ayollari ahvoliga achinayotganini so‘zlab berdi.

Marg‘ilonlik 66 yashar nafaqaxo‘r Komiljon Hasanovning aytishicha, u Sho‘ro davridagi harbiy xizmatdoshlarini ko‘rish va qisqa muhlat ishlash niyatida Rossiyaga kelgan. Komiljon aka Tver shahriga kelganidan ikki oy o‘tar-o‘tmas, politsiya xodimlari uni avval politsiya bo‘limiga, sud qaroridan so‘ng esa, deportatsiya qilish markaziga keltirganini bildirdi.

- Meni “registratsiyang yo‘q” deb ushlab, shu yerga olib kelishdi. Rossiyaga kelganimga yarim yil bo‘lgan bo‘lsa, uning qariyb 4 oyini deportatsiya markazida o‘tkazayapman. Ishlagan joyimda pulim qolgan edi, 1-2 kunga pulimni olib ketmoqchi edim. Bizni kameraga qamab tashlagan. Sharoiti og‘ir. Tashqariga, progulkaga ham, boshqa narsaga ham chiqarmaydi. Kimga dardimizni aytishni ham bilmaymiz. Elchixonaga murojaat qilgandik. Biror natija yo‘q, - dedi Komiljon aka.

Marg‘ilonlik otaxon o‘zidan ko‘ra deportatsiya muassasida ushlab turilgan 10 nafar yosh bolali o‘zbek ayollariga achinayotganini bildirdi.

Комилжон Ҳасанов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00
Бевосита линк

Deportatsiya muassasida qariyb yarim yildan buyon saqlanayotgan xorazmlik Abdurashidning aytishicha, muhojirlarning uzoq vaqt qolib ketishiga asosiy sabab bu muassisa idorasida pulning yo‘qligidir.

- Bularda pul yo‘q ekan, shuning uchun jo‘natolmay o‘tirishibdi, bizlarda ham pul yo‘q. “Jo‘natolmasang, qo‘yib yubor, biz ishlab, yo‘l pulimizni topib ketamiz” desak ham ko‘nishmaydi. Bizni ushlab turgan joy qamoqxonadan hech qolishmaydi. Sharoiti og‘ir, har bir kamerada 15-16 kishi yotadi, ovqati ham ovqatga o‘xshamaydi, yeb bo‘lmaydi. Biz ovqatini ham emasligimiz mumkin, bizni uyimizga yuborishsin, oila, bolalarimizni oldiga boraylik. Yosh bolali 10 nafarga yaqin ayol, ularning bir nechtasi yosh bolali, hatto homiladaor ayollar ham bor, tiqilib yotishibdi, yosh-qari o‘zbeklar. Ba’zilar patent (ishga ruxsatnoma) pulini yoki registratsiya mo‘hlatini 3-4 kunga kechiktirganlarni politsiya keltirib, sud ularga deportatsiya qarorini chiqargan. Hatto bir yigit qo‘lida 3 kundan keyin O‘zbekistonga ketish bileti ham bo‘lganiga qaramasdan deportatsiyaga hukm etgan. Yigitning biletga to‘lagan puli ham ko‘ygan. Ana shular bu erda oylab kutib o‘tiribdi, dedi Abdurashid.

Рашид билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:31 0:00
Бевосита линк

Ozodlikning Tver shahri chet elliklarni saqlash (SUVSIG) markazi rasmiylari fikrini olish urinishi natijasiz yakunlandi.

Ozodlik o‘zbekistonliklar muammosi yuzasidan Moskvadagi “Grajdanskoe sodeystvie” inson huquqlari tashkilotiga murojaat qildi. Ushbu tashkilotning Tver viloyatidagi advokati Vladimir Shamkin, Tver shahri chet elliklarni saqlash markaziga borib, u erdagi sharoit bilan tanishganini bildirdi.

-O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari aytayotgan muammo, haqiqatan ham, mavjud. Men sizni murojaatingizdan so‘ng muhojirlarni yuborish bilan shug‘ullanayotgan inspektor bilan uchrashdim. Shu kunlarda muassisaga hukumatdan pul ajratilgan. Mehnat muhojirlardan yosh bolali ikki o‘zbek ayoli doxil 8 nafarga vataniga jo‘natish hujjatlari tayyorlangan. Ularning shu kunlarda uchoqda O‘zbekistonga yuborilishi belgilangan. Qolgan mehnat muhojirlari mablag‘ ajratilishiga qarab vataniga yuboriladi, - dedi advokat Vladimir Shamkin.

Huquq faollari Rossiya deportatsiya muassisalarida chet elliklarni uzoq muhlatda ushlab turilishi, muhojirlar orasida o‘z joniga qasd qilish, norozilik chiqishlari kabi noxush voqealarga turtki bo‘lishini ta’kidlab kelishadi.

Yaqinda Rossiyada inson haqlari bo‘yicha ombudsmen Tatyana Moskalkova chet elliklarni saqlash markazlari (SUVSIG) uchun mablag‘ ajratishni so‘rab, Rossiya hukumatiga murojaat qilgan edi.

XS
SM
MD
LG