Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:13

O‘shda ertaga o‘zbek, tojik va qirg‘iz tadbirkorlari forumi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekistonning 140 kishilik delegatsiyasi 26 oktabrda O‘shga kelgan edi.
O‘zbekistonning 140 kishilik delegatsiyasi 26 oktabrda O‘shga kelgan edi.

O‘shda 17 noyabr kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston tadbirkorlarining “Farg‘ona Savdo-Iqtisodiy Forumi” bo‘lib utadi. Unda uch mamlakat tadbirkorlari o‘zaro savdo sotiq munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, har bir davlatning iqtisodiy imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Ertaga O‘shda o‘tkazilishi kutilayotgan forum to‘g‘risida O‘sh shahrining birinchi vitse-meri Zamir Askarov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari uzilib qolgan aloqalarni jonlantirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazadi.

- Forumda Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikasining tadbirkorlik bilan shug‘ullangan fuqarolar ishtirokini kutayapmiz. Asosiy maqsadimiz bizning savdogarlar, tadbirkorlarga, shuningdek, qo‘shni davlat tadbirkorlariga yahshi sharoit yaratib berish. Farg‘ona vodiysi savdo-iqtisodiy forumida qo‘shni davlatlar rasmiylari ham ishtirok etadi. Ularga taklifnomalarni yubordik. Tadbirkorlar esa o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlardan namunalar olib kelishadi,- dedi Zamir Askarov.

Unga ko‘ra, bunday forumlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkorlari o‘rtasidagina emas, ikki davlat xalqi orasida to‘xtab qolgan bordi-keldimunosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi:

- O‘zbekistonning 27 million aholisi Qirg‘izistonning bugungi kundagi savdo-iqtisodiy vaziyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Biz chegara masalalarini muhokama qilib, shunday kichkina forumlarni o‘tkazib, kichik qadam tashlayversak, asta sekin bo‘lsa-da, O‘zbekiston bozoriga kirib boramiz. O‘zbekiston bizning bozorga kiradi. Tojikiston bilan ham huddi shunday. Natijada uch mamlakat o‘rtasida savdo iqtisodiy masalada siljish paydo bo‘ladi. Boshqacha aytganda, o‘sha mamlakatlarda ishlayotgan tadbirkorlarga ijobiy sharoitlar tuziladi. Mamlakatlar, shaharlar byudjetlari to‘ladi. Hech kimga sir emas, O‘zbekiston chegarani ochish bilan Qirg‘iziston orqali Xitoyga chiqishni ko‘zlayapti. Biz esa bunday foydalanishimiz kerak. Biz O‘zbekiston Xitoyga o‘tishi uchun yo‘lni ta’minlab berishimiz kerak. Shuning o‘zidan ham mamlakatimizga katta daromad tushadi, - dedi Zamir Askarov.

Aytish joizki, so‘nggi bir necha oyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari o‘rtasida iliqlik paydo bo‘ldi.

So‘nggi bir necha oylardan beri ikki davlat chegarachilari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bahsli hududlar bo‘yicha uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.

Bundan tashqari, Qirg‘izistonning 130 kishilik delegatsiyasi 1 oktabr kuni Toshkent taklifi bilan Andijon shahriga borgan edi. Bu so‘nggi 20 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga birinchi marta tashrif qilgan eng yirik delegatsiya bo‘ldi.

Andijonda o‘tgan uchrashuvda chegara oldi hududlarining o‘zaro hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan memorandum imzolangan edi. Mazkur safardan so‘ng O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan o‘tishga qo‘yilgan bir qator cheklovlar bekor qilingan edi.

26 oktabr kuni esa O‘zbekistondan 120 kishilik delegatsiya O‘shga tashrif buyurdi.

17 noyabr kuni “Farg‘ona Savdo-Iqtisodiy Forumi”i bilan paralel ravishda uch davlat tadbirkorlari mahsulotlarining ko‘rgazmasi bo‘lishi ham kutilayapti.

XS
SM
MD
LG