Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:32

Nazarboevning ismini Qozog‘iston poytaxti nomiga qo‘shish taklif qilindi


Parlament deputati Kuanish Sultanov Nursulton Nazarboevning ismini poytaxt Ostona nomiga qo‘shishni taklif qildi, deb xabar deradi mahalliy OAV.

"Mustaqillikning buyuk yo‘li mangulashtirilishi zarur. Shuni inobatga olgan xolda poytaxtda "Tәuelsіz Qazaqstan" yodgorligini o‘rnatish kerak. Mamlakatning birinchi prezidenti, millat rahnamosi Nursulton Nazarboevning davlatimizning barpo etilishidagi buyuk xizmatlarini Konstitutsiyada belgilab qo‘yishni taklif qilamiz.

Elbasi ismiini poytaxt va mamlakatning boshqa muhim ob’ektlarida aks ettirish kerak.

Bizning yagona maqsadimiz, Elbasi atrofida jipslashib, xalq qadriyatlarini mustahkamlash, biz uchun eng qimmatli bo‘lgan suveren va mustaqil Qozog‘istonni ehtiyotlab kelgusi avlodlarga qoldirishdir.

Mustaqillik bizni birlashtiruvchi maqsadimiz bo‘lgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", - dedi deputat Sultanov.

Sultanovning taklifini kommunistlar fraktsiyasidan deputatVladislav Kosarev qo‘lladi va u ham palatalarning qo‘shma majlisida nutq so‘zlagan.

"Mening ishonchim komilki, nomlarda prezident ismi aks etishi kerak", - deya ta’kidladi u.

Ostonani 2013 yilda qayta nomlash taklif qilingan edi. O‘shanda milliy akademiyaning akademigi Sultan Sartaev poytaxtni Nursulton shahri deb o‘zgartirishni taklif qilgan.

2009 yili Ozarbayjon elchisi Latif Gandilov esa Ostonani Sultan-Ota qilib o‘zgartirishni taklif qilgan.

XS
SM
MD
LG