Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:56

Suriya hukumati kuchlari Halabning isyonchilar nazoratidagi bir tumanini qo‘lga oldi


SANA davlat axborot agentligi 26 noyabr kuni Suriya kuchlari Hanano tumanini butunlay qo‘lga olgani hamda hududni bombalardan tozalayotgani haqida ma’lum qildi. 2016, 23 noyabr
SANA davlat axborot agentligi 26 noyabr kuni Suriya kuchlari Hanano tumanini butunlay qo‘lga olgani hamda hududni bombalardan tozalayotgani haqida ma’lum qildi. 2016, 23 noyabr

Suriyalik faollar va hukumat matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Suriya hukumati kuchlari Halabning isyonchilar qo‘lidagi shimoliy qismida joylashgan muhim tumanni qayta qo‘lga olgan.

SANA davlat axborot agentligi 26 noyabr kuni Suriya kuchlari Hanano tumanini butunlay qo‘lga olgani hamda hududni bombalardan tozalayotgani haqida ma’lum qildi.

Britaniyadagi "Suriya inson huquqlari observatoriyasi" bu xabarni tasdiqladi hamda hukumat kuchlari qo‘shni Haydariya hamda Saxur tumanlariga hujum qilishga tayyorlanayotganini bildirdi.

“Nur al-din al-Zinki” isyonchilar guruhi a’zosi Yosir al-Yusuf isyonchilar Hanano uchun 48 soat kurashganini aytdi.

Al-Yusuf agar hukumat kuchlari Saxur tomon yaqinlashsa, Halabning sharqiy qismi ikkiga bo‘linib qolishi haqida ogohlantirdi.

Umuman esa, Halab shahri 2012 yildan beri ikkiga bo‘lingan. Shaharning g‘arbiy qismi hukumat, sharqiy qismi esa isyonchilar boshqaruvidadir.

Halabdagi janglar boshlanganiga olti yarim yil bo‘ldi. Shaharni butunlay qo‘lga olish prezident Bashar al-Assad uchun katta yutuq bo‘ladi.

15 noyabr kuni Suriya hukumati shaharning isyonchilar qo‘lidagi sharqiy qismlarini qo‘lga olishni ko‘zlovchi amaliyotlarni yana boshladi. Halab shahrida hozirda 250 mingga yaqin oddiy fuqaro bor.

"Suriya inson huquqlari observatoriyasi"ga ko‘ra, havo va yer hujumlari 212 oddiy fuqaro, jumladan, 27 yosh bola o‘limiga sabab bo‘ldi. Isyonchilar orasida esa 134 nafar odam halok bo‘ldi.

Tashkilot yana isyonchilar hujumlarida 19 oddiy fuqaro, jumladan, 11 yosh bola halok bo‘lganini bildirdi.

26 noyabr kuni SANA agentligi isyonchilar hukumat boshqaruvidagi hududlarga qilgan hujumlarda uch odam halok bo‘lganini hamda 15 odam jarohat olganini bildirdi.

Chegarasiz shifokorlar tashkiloti sharqiy Halabdagi to‘qqiz shifoxonaning sakkiztasi ishlamayotganini bildirdi.

BMTning bolalar agentligi 27 noyabr kuni e’lon qilgan bildiruvda bir yildan kam vaqt ichida qamal ostida yashayotgan bolalar soni ikki barobarga oshib, 500 mingga yetganini aytiladi.

YuNISEF bu bolalar mamlakatdagi 16 qamalga olingan hududda yashayotganini, ular muntazam gumanitar yordam va oddiy xizmatlardan deyarli butunlay uzilib qolganini bildirdi.

YuNISEF hisoblariga ko‘ra, Halabning isyonchilar boshqaruvidagi qismida 100 mingga yaqin yosh bola bor.

YuNISEF direktori Entoni Leyk “Suriyadagi millionlab odam uchun hayot doimiy dahshatga aylangan. Ayniqsa, qamal ostida yashayotgan yuz minglab bolalar uchun. Bolalar o‘lyapti, jarohat olyapti. Maktabga bora olmaydilar yoki o‘ynay olmaydilar. Yeguliklar oz, tibbiy yordam deyarli yo‘q”, dedi.

Tashkilotga ko‘ra, ayrim hududlardagi odamlar ikki yildan beri deyarli hech qanday yordam olmagan.

XS
SM
MD
LG