Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:31

Fransua Fiyon Fransiya prezidentligiga nomzod bo‘ldi


Fransiya prezidentligiga nomzodlar Alen Jyuppe (chapda) va Fransua Fiyon.
Fransiya prezidentligiga nomzodlar Alen Jyuppe (chapda) va Fransua Fiyon.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon, konservatorlarning dastlabki tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ikkinchi bosqichda u saylovchilarning deyarli 70 foyizi ishonchini oqlagan. Reutersning xabar qilishicha, uning raqibi – u ham sobiq bosh vazir bo‘lgan Alen Jyuppe – deyarli 32 foyiz ovozga ega bo‘lgan. Fransiya matbuotining xabar qilishicha, byulletenlarni hisoblash hali tugamagan.

Fransua Fiyon Rossiya bilan yaqin aloqalar tarafdori. U Moskvaga qarshi sanktsiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishga va Suriyada Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytgan.

Elabe institutining ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichda 4,2 dan to 4,6 milliongacha odam ovoz bergan. Ovoz berganlarning uchdan ikki qismi o‘zlarini o‘ng va markazchilar tarafdori, 15 foyizi so‘lchilar tomonida, 9 - Milliy frontni qo‘llab-quvvatlashgan, qolganlari hech qaysi partiya tarafini olmagan. Bir hafta oldin birinchi bosqichda ovoz berganlar ichida taxminan 15 foyizi so‘lchilar bo‘lgan. Ularning asosiy maqsadlari, RFI ga ko‘ra, kurashayotganlar orasidan sobiq davlat rahbari Nikolya Sarkozini chiqarib tashlash bo‘lgan.

Jamoat orasida o‘tkazilgan so‘ngi so‘rov natijalari Fransua Fiyonning yaqqol oldinda ekanligini ko‘rsatgan. Kutilishicha u 2017 yil bahorda o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida Milliy front rahbari Marin Le Penga raqib bo‘ladi.

XS
SM
MD
LG