Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:01

O‘zbekiston kelajagi uchun qayg‘urgan siyosatchi Haydar Jamol vafot etdi


Haydar Jamol
Haydar Jamol

Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Haydar Jamol 4 dekabr kuni 69 yoshida Olmaota shahrida olamdan o‘tdi. U "O‘zbekiston Xalq harakati" kengashi a’zosi sifatida bu tashkilotning Berlin va Pragadagi qurultoylarida ishtirok etgan va O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlardan umid bildirgan edi.

Bundan 4 yil oldin Haydar Jamol Pragada Ozodlik bilan suhbatlashib, O‘zbekistonda mustabid rejim uzoq qola olmasligi va yaqin yillarda o‘zgarish bo‘lajagini aytgan edi.

Haydar Jamolga ko‘ra¸ xalqaro hamjamiyat O‘zbekistondagi konstitutsiya buzilishlari va tazyiqlarni etarlicha qoralamagani qo‘rquv muhitining ustivor bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Jamol Rossiyadagi “Leviy front” asoschilaridan va “Norozilar marshi” namoyishlarining ishtirokchilaridan biri edi.

Ўзбекистон учун қайғурган сиëсатчи Ҳайдар Жамол вафот этди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00

Marhum 2010 yilda rus muxolifatining “Putin ketishi kerak”, deb nomlangan murojaatini imzolaganlardan biri bo‘lgan.

Uni yaqindan bilgan o‘zbek muxolifati arbobi Muhammad Solihga ko‘ra¸ Haydar Jamol uzoq davom etgan saraton kasalligidan so‘ng vafot etdi.

RTR telekanalida “Ming bir kun” teleko‘rsatuvlarini olib borgan va islom to‘g‘risidagi oltita kitobning muallifi Haydar Jamol, vasiyatiga ko‘ra, Olmaota yaqinidagi qabristonga dafn qilinadi.

XS
SM
MD
LG