Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 19:02

HRW Yevroparlamentni O‘zbekistonda majburiy mehnatga ko‘z yumuvchi hujjatni imzolamaslikka chaqirdi


“O‘zbekistonda har yili bir milliondan ortiq odam paxta terimiga majburan olib chiqiladi: vrachlar va hamshiralar shifoxonalardan, talabalar oliygohlardan olib ketiladi. Bu hol O‘zbekiston hukumati tomonidan har yili takrorlanadi. Mamlakat elitasi esa, paxta olib kelgan tushum evaziga mol-dunyo ichida yashaydi”, deyiladi Xalqaro Xyuman Rayts Uotch tashkilotining yakshanba kungi bayonotida.

Tashkilotning xabar qilishicha, Yevropa Parlamenti bu tizimni ma’qullash arafasida turibdi.

“Dushanba kuni parlament O‘zbekiston bilan erishilgan tekstil protokoliga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni ko‘rib chiqadi. 2011 yil O‘zbekistonda keng tarqalgan majburiy mehnat tufayli Yevropa Parlamenti mazkur protokolga to‘siq qo‘ygan edi. Agar parlament bu to‘siqni olib tashlasa, O‘zbekiston paxtasi narxi tushadi va natijada o‘zbek paxtasini Yevropa bozorlarida sotish osonlashadi”, deyilgan tashkilot bayonotida.

Xalqaro Xyuman Rayts Uotch tashkilotining yakshanba kungi bayonoti davomida bunday deyilgan:

Bunday kelishuvning iqtisodiy ta’siri uncha katta bo‘lmaydi: Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi yillik savdo qiymati 2013 yil atigi 2,2 milliard dollarga teng bo‘lgan. Ammo protokolni ma’qullash o‘zbek faollari hamda uilarning kasaba uyushmalari, inson huquqlari harakatlari va tekstil sanoatidagi hamkorlarining majburiy mehnatni ozaytirishga qaratilgan urinishlarni kuchsizlantirishi mumkin.

Protokol tarafdorlari O‘zbekistonda 2013 yildan beri ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganini aytishmoqda. O‘sha yili O‘zbekiston hukumati paxta terishga majburlanayotgan yosh bolalar sonini ozaytirib, Xalqaro mehnat tashkilotini mamlakatga kiritgan edi. Mazkur ijobiy o‘zgarishlarga kuchli xalqaro tazyiqlar, jumladan, Yevropa Parlamenti bosimi turtki bo‘lgan edi. Ammo keyingi yillarda rasmiylar yo‘qotilgan yosh bolalar mehnati o‘rnini to‘ldirish uchun voyaga yetganlar mehnatidan yanada ko‘proq foydalanmoqda. O‘zbekiston ichidagi mustaqil kuzatuvchilarga ko‘ra, joriy yilda bir milliondan oshiq odim paxta dalalariga safarbar qilindi.

Paxtaga eng avvalo o‘qituvchilar, shifokorlar, hamshiralar hamda boshqa davlat idoralari xodimlari yuboriladi. Natijada paxta terimi davomida tibbiyot, ta’lim, hamda boshqa muhim sohalar faoliyati cheklanadi. O‘zbekiston hukumati xalqaro tanqidlarga qarshi kurashish uchun paxta terimchilarini shunchaki “ko‘ngillilar” deya ta’riflaydi. Ammo mustaqil kuzatuvchilar bu yilgi paxta terimida ham ko‘plab terimchi o‘z xohishi bilan paxta terayotgani ta’kidlangan tilxatlarni yozishga majburlanganini ko‘rsatuvchi dalillarni to‘plashdi. Paxta terimida ishtirok etishdan bosh tortganlar ishdan haydalishi, o‘qishda past baho olishi yoki bira to‘la u yerdan haydalishi mumkin. Paxta dalalaridan xabar yubormoqchi bo‘lgan inson huquqlari faollari yoki jurnalistlar odatda rasmiylar tomonidan tahqirlanadi, qo‘lga olinadi yoki hatto kaltaklanadi.

Yaqinda kuzatuvchilar ilk marotaba O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatni uyushtirayotganini tasdiqlovchi rasmiy hujjatni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Shifokorlar va o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinayotgani haqidagi arizasiga javoban Chinoz tumani prokurori Vazirlar Mahkamasining 2016 yilgi paxta terimi haqidagi farmonini tadqim etdi. Farmonda «barcha ishchilarni paxta terimiga jalb qilishga qaror qilindi. Farmon asosida tumandagi barcha bo‘limlar hamda tibbiy muassasalar paxta terishda ishtirok etdi”, deyiladi.

Yevropa Parlamenti protokolni ma’qullasa, Toshkent uchun bu juda qo‘l keladi. Parlament ovoz berishdan avval joriy yilgi paxta terimidagi qonunbuzarliklarni, jumladan, ularni amalga oshirishda hukumat o‘ynagan rolni ko‘rsatuvchi dalillarni yaqindan ko‘rib chiqishi kerak” deyiladi Xalqaro Xьyuman Rayts Uotch tashkilotining yakshanba kungi bayonotida.

XS
SM
MD
LG