Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:26

Viloyatlarda ko‘mir narxi 6 baravarga qimmatladi


O‘zbekiston viloyatlarida ko‘mir narxi 150 mingdan 900 ming so‘mga ko‘tarildi. Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan biri podvalidan ilonlar ini topildi. O‘zbek olimlari ixtirosi qog‘oz narxini arzonlashtirishi mumkin.

_______________________________________________________________

Viloyatlarda ko‘mir chayqovchilar qo‘liga o‘tib ketmoqda

Havo harorati pasayishi bilan viloyatlarda ko‘mirning qadri oltinga tenglashmoqda, talab kuchli ekanidan foydalanib chayqovchilar ko‘mirni o‘zi istagan narxda pullamoqda (“Oila davrasida”, 15 dekabr). “O‘zbekko‘mir” shirkatining Mahsulot sotish va marketing bo‘yicha direktori Nosir Umarovga ko‘ra, joriy kuz-qish mavsumida Moliya vazirligi tomonidan bir tonna ko‘mir bahosi 146 ming 400 so‘m yetib belgilangan. Viloyat bozorlarida esa ko‘mir iliq kunlarda 700-750 ming so‘mdan sotilmoqda. Sovuq tushishi bilan qattiq yoqilg‘ining tonnasi 900 ming so‘mga ko‘tarilmoqda. “Xo‘sh, ko‘mirni bu narxda sotayotgan kim? Olibsotarmi yoki tadbirkor? Nima uchun u qattiq yoqilg‘ini istagan narxda emin-erkin sotib yuribdi? Nega unga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmayapti? Yoki bunda biz bilmaydigan boshqa biror sabab bormi?” deya mutasaddilarni savolga tutadi gazeta.

Toshkentdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasi ilonlar makoniga aylangan

Toshkent shahri Yashnobod tumani Fazogir mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro Ozoda Diyorovaning uyidan ikki bora ilon chiqdi (“Hurriyat”, 14 dekabr). Norasida farzandini katta qilayotgan ayol hojatxonadan chiqqan ilonlarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Xavfli jonivorlar ko‘p qavatli uyning suv bosgan erto‘lasiga in qurgan. “Yerto‘laga kirarkanmiz, bir qarashdayoq muammoning mohiyatini angladik. Hammayoq zaxlab ketgan. Uzun va qorong‘i yo‘laklardan yurarkanmiz, axlatu balchiqqa duch kelamiz... Bunday ahvolni ko‘rib, bu manzilga hademay timsohlar ham “tashrif buyursa” ajab emas degan fikrga keldik!” deya kinoya qiladi gazeta. O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uyning isitish tizimi ham yaxshi ishlamasligi aniqlangan.

O‘zbekistonda olimlar qog‘oz tayyorlashning yangi usulini yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar qog‘oz tayyorlashning yangi tarkibini yaratdi. Mazkur ixtiro sellyuloza qog‘oz sanoatida ishlatiladi. Bu haqda bir qator matbuot nashrlari Respublika intellektual mulk agentligiga asoslanib xabar bergan. Ixtironing asosiy vazifasi sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qog‘oz tayyorlash uchun tarkib ishlab chiqish va olinayotgan qog‘oz narxini arzonlashtirishdan iborat. Mazkur yangi usul uchun hammualliflar – M. Murodov, B. Hodiev, S. Turobjonov, G. Rahmonberdiev, Yu. Sodiqov va M. Kasimovlarga patent berilgan.

XS
SM
MD
LG