Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 13:31

Rossiyada muhojirlarga amnistiya qo‘llash taklif etildi


Rossiya Federatsiya Kengashi rahbari Valentina Matvienko mehnat muhojirlarning Rossiyaga kirishi taqiqlangan “qora ro‘yxat” qaytadan ko‘rib chiqilishi va kichik qonunbuzarlikka qo‘l urgan migrantlarga af e’lon etilishini taklif etdi. Rossiya yuqori palata majlisida qatnashgan Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev Matvienko taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha 1,7 milliondan ortiq chet ellikning Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yilgan.

Rossiya Federatsiya Kengashi rahbari Valentina Matvienko insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib kichik qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan va “qora ro‘yxat”ga tushgan muhojirlarga nisbatan amnistiya qo‘llash taklifini kiritdi.

Matvienko xonumning aytishicha MDHning ayrim rahbarlaridan tortib elchilariga qadar, Rossiya senatorlari bilan bo‘lgan uchrashuvlarda “taqiq ro‘yxati”dan norozilik bildirib kelishadi:

-Migrantlarga tegishli barcha “taqiq ro‘yxatlari ” qaytadan ko‘rib chiqilishi lozim. Svetofor qizil chirog‘i yonganda yo‘lni kesib o‘tgan yoki mashinada tezlikni oshirganlik kabi kichik qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan migrantlar bo‘lsa, ehtimol ushbu ro‘yxatni qaytadan ko‘rib chiqish, aniqlash va bunday insonlarga amnistiya e’lon etish lozim, dedi Valentina Matvienko.

Rossiya yuqori palatasi rahbarining amnistiyaga oid taklifini barcha senat a’zolari hamda ichki ishlar vaziri qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

Joriy yil yozida Rossiya prezidenti idorasi huzuridagi Millatlararo Munosibatlar Kengashi ham mehnat muhojirlarini amnistiya etish taklifini ilgari surgan edi.

Rossiyadan deportatsiya qilingan va mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yilgan markaziy osiyolik muhojirlar odatda, vatanida ish topish yoki Rossiyadan bo‘lak mamlakatlarga borib ishlashga urinishadi.

Toshkent viloyati yashovchisi Surayo hozirda Turkiyada enaga bo‘lib ishlamoqda. U Rossiyaga 2010 yildan 2013 yilga qadar Moskva viloyatida rus oilasida enagalik qilgan. Surayo ishlash ruxsatnomasi (patent) to‘lovini bir necha kunga kechiktirib to‘lagani bois, “qora ro‘yxatga” tushib qolganini aytadi:

-Hozir Turkiyada enaga bo‘lib ishlayapman, “zapret” qo‘yilganiga qadar Rossiyada ham enaga bo‘lib ishlaganman. Rossiyadan deport bo‘lganimdan keyin O‘zbekistonda yanaRossiyaga kelishga, deportimni ochishga harakat qildim. Noqonuniy bo‘lsa ham, qochoq yo‘llari orqali Rossiyaga kirishga harakat qildim. Noqonuniy, qochoq yo‘li noto‘g‘ri ekanligini tushunganimdan so‘ng, bunday yo‘l bilan Rossiyaga kirish niyatimdan qaytdim.3 yil O‘zbekistonda qoldim. Ish izladim. Toshkentga borib ishladim. Lekin qiyin bo‘ldi. Ko‘p ishlasangiz ham em ichishingizdan ortmaydi. Lekin iloj bo‘lmadi. Bolalarimni boqish qiyin bo‘ldi. Keyin Turkiyaga ishga kelishga majbur bo‘ldim. Hozir Turkiyada ham maoshlar kamayib bormoqda, bu yerda ham krizis boshlanayapti.Rossiyada 3 yil ishlab men o‘zimga uy qurdim. Qizimni turmushga berdim. To‘g‘ri u paytlarda Rossiyada krizis boshlanmagandi. Rublning qadri bor edi, ish haqqi ham yaxshi to‘lanardi. Rossiyada iqtisodiy krizisdan chiqsa, kelib ishlashni juda xohlardim. Meni dugonam ham Turkiyada ishlayapti, u ham “agar Rossiyada krizis tugasa, o‘sha kuni Rossiyaga ishga borardim” deb aytadi, dedi Surayo.

Tojikistonlik 52 yashar Komiljon uzoq yillar davomida Moskvada fura mashinasida haydovchilik qilgan. Uch yil oldin yo‘l harakati qonunini buzganligi sababli, uning nomi ham “taqiq ro‘yhatiga” kiritilgan. Komiljon ko‘lida bir necha hunari bo‘lganiga qaramasdan Tojikistonda yaxshi ish topolmaganini aytadi:

- Vatanga qaytishim bilan, mashinada ishladim, qo‘limdan ustolik keladi, qurilishda ishladim. Albatta, ishlayman desangiz Tojikistonda ham ish topiladi. Bu erda aholi ko‘p, ish kam. Lekin baribir Rossiyadagidek pul topolmaysiz. Ro‘zg‘orga faqat yeb ichishga yetadi, xolos. Meni farzandlarimning birovi student, Moskvada meditsina kolledjida o‘qiyapti. Katta ug‘lim Rossiyaning Kranodar shahrida ishlayapti. Shu o‘g‘lim bizga yordam berib turibdi, dedi Komiljon.

Komiljonning aytishicha Rossiyada shofyorlik qiladigan markaziy osiyoliklarning ko‘pchiligi yo‘l harakatini buzish oqibatida ham deportatsiya qilinmoqda:

-Jarima yoziladi, lekin to‘lashmaydi. Keyin vatanga borib, yana Rossiyada qaytishida taqiq qo‘yilganini bilib qoladi. Boshqa tarafdan Rossiya yo‘l politsiyachilarining o‘zlari ham muhojir haydovchilarga nisbatan ko‘p qonunbuzarlikka qo‘l urishadi, dedi Komiljon.

XS
SM
MD
LG