Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 03:49

MXX zobiti mashinada odamni urib, voqea joyidan qochganlikda gumonlanmoqda


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi zobiti Sh.M (To‘liq ismi-sharifi Ozodlikda mavjud.taxr.) 11 dekabr kuni avtomobilь boshqarib Shovot tumani turg‘uni 39 yashar Erkin Abdullaevni urib yuborgani va yaradorga ërdam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketganlikda gumon qilinmoqda. Xorazm viloyati huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasining ma’lum qilishicha¸ voqea yuzasidan tergov boshlangan. Mashina urib yuborgan yaqinlari iddaosiga ko‘ra, MXX zobitlari voqeani bosti-bosti qilishga urinishmoqda.

Manba ta’kidicha¸ yo‘l-transport xodisasi oqibatida kasalxonaga tushgan Erkin Abdullaevning ahvoli stabilligicha qolmoqda.

- Voqea 11 dekabr kuni kechqurun 21dan 30 daqiqa o‘tganda ro‘y berdi.Voqeani kim sodir qilgani aniqlandi.Tergovni Shovot tumanidagi tajribali tergovchi Behzod Nurmatov olib bormoqda. Voqea yo‘l-transport hodisasi deya malakalandi. O‘zbekiston jinoyat kodeksining 111-moddasi ya’ni ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast etkazish¸ 117-modda ya’ni xavf ostida qoldirish¸hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida shaxsga yordam ko‘rsatmaslik va 261-modda -mast holdagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘yish moddalari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilyapti¸ deydi manba.

Ozodlik 11 dekabr oqshomida yuz bergan voqea guvohlari bilan gaplashdi.

Mashina urib yuborgan Erkin Abdullaevning akasi Hasanboy Abdullaevning Ozodlikka aytishicha¸ voqea yuqori lavozimli amaldorning o‘z vazifasidan foydalanib jinoyatni haspo‘so‘ashga urinishiga misol bo‘lgan:

- Ukam to‘ydan chiqib o‘g‘li bilan birga chorrahadan o‘taëtganda 90 K 774EA davlat raqamli mashina katta tezlikda ularni ustiga yurgan. Ukamni mashina urib yuborgan o‘g‘li esa omon qolgan. Ukamni oyog‘i va qovurg‘alari sinib kasalxonaga olib ketishdi. Voqea paytida uni boshi ham yorilgan. Uni urgan mashina egasi voqea joyidan qochib ketgan. Mashinani ichida ikki kishi bo‘lgan. Ulardan birisi MXX da ishlar ekan. Ular yaradorga yordam ko‘rsatishmagan. Voqea joyidan 5 km uzoqda mashinani tashlab qochib ketishgan. GAI xodimlari kelib tashlab ketilgan mashinani videoga ham oldi. Lekin bu kishilarni faqat ertasi kuni topishdi¸ deydi Hasanboy Abdullaev.

Voqeaning yana bir guvohi bo‘lgan shovotlik aël Ozodlik bilan suhbatda qo‘shimcha tafsilotlarni aytib berdi:

- Men o‘sha yerga yaqin joyda turaman. Voqeani o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bu ota-bola yo‘ldan o‘tayotganida mashina urdi. Bolasi yugurib o‘tishga ulgurdi¸ lekin otasini mashin qoqib yubordi. Keyin mashindan bir kishi tushib yaradorni ustiga borib uni o‘lmaganini ko‘rgandan keyin¸ yana qaytib mashinga minib qochib ketdilar. Izindan kelgan mashina haydovchisi doktorga telefon qildi. Keyin skoriy kelishini kutmasdan yaradorni mashinga solib Shovot raybolnitsaga olib ketishdi¸ deydi suhbatdosh.

Voqea virtual qabulxona nazoratida

O‘zbekiston IIV ligidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ bu voqea yuzasidan tergovning borishi vazirlik nazoratiga olingan:

-Portalga shikoyat tushgan bu borada. Virtual qabulxonaga Shovot tumanidan Abdullaev shikoyat qilgan. Bu shikoyat bo‘yicha tergovning borishi vazirlik nazoratiga olingan deydi manba.

Mashina urib yuborgan Erkin Abdullaevning akasi Hasanboy Abdullaev Bosh vazir qabulxonasiga shikoyat yozganligini aytdi:

-Shikoyat yozdim¸ chunki ukamni urib yuborgan kishi MXXda ishlaydi. U o‘z vakolatidan foydalanib voqeani bosti-bosti qilmoqchi. Bu endi adolatsizlik.Tergovchi meni tinchlantiryapti. Hozir ukam kasalxonada yotibdi¸ lekin uni o‘z mashinasida urib yuborgan MXX xodimi kelib habar ham olgani yo‘q¸ deydi Abdullaev.

Suhbatdosh o‘z ukasini mayib qilgan MXX mulozimi qonun oldida javob bersin degan talabidan voz kechmasligini aytadi.

- Men kichkina odamman¸ ular bo‘lsa katta mansabdor. Lekin qonun oldida hamma tengku. Ular qilmishiga yarasha sud oldida javob bersin va yetkazgan zararni qoplashsin¸ deydi suhbatdosh.

Xorazm viloyati huquq-tartibot organlaridagi Ozodlik manbasining ma’lum qilishicha¸ “Extiyotsizlik oqibatida bir kishini yarador qilgan MXX zobiti shaharni tark qilmaslik sharti bilan ochiqda qolmoqda”

Amistiya sobiq militsionerlarni aylanib o‘tmaydi

Huquq-tartibot organlarida ishlab jinoiy javobgarlikka tortilganlar Bekobod shahridagi Uya 64-21 qamoqxonasida jazo o‘tashini aytgan huquq himoyachisi Surat Ikromov bu toifa mahkumlarning yaqindagi amnistiya bois ozod bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

-Yaqinda e’lon qilingan amnistiyaga muvofiq mamlakat qamoqxonalarida jazo o‘taëtgan o‘ndan ortiq militsiya xodimi afv qilingan¸ deydi huquqbon.

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida militsiya xodimi bo‘lib ishlagan 27 yashar G‘ayrat (familiyasi oshkor qilinmasligi so‘raldi-tahr.) mast holda mashinasida uch kishini bosib o‘ldirgani uchun 8 yilga qamalgan edi.

Xo‘jaylidagi Ozodlik manbalarining aytishicha¸ sobiq militsioner oradan 8 oy o‘tmasdan amnistiya akti qo‘llanib, ozod etilgan.

Toshkentning Chilonzor tumanida uch kishini bosib ketgan, pirovardida 5 yashar qizcha va 33 yoshli erkak o‘limiga sabab bo‘lgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan militsiya xodimi Baxtiyor Tolipov qamalganidan yarim yil ham o‘tmay amnistiya aktiga ko‘ra ozodlikka chiqarilgan edi.

XS
SM
MD
LG