Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:22

Dushanbeda o‘zbek va tojik hukumatlari hamkorlikni yaxshilash yo‘llarini izlamoqda


O‘zbekiston delegatsiyasiga Rustam Azimov rahbarlik qilmoqda (surat Tojikiston prezidenti matbuot xizmatidan olindi).
O‘zbekiston delegatsiyasiga Rustam Azimov rahbarlik qilmoqda (surat Tojikiston prezidenti matbuot xizmatidan olindi).

Dushanbega safar qilgan O‘zbekiston bosh vazir muovini Rustam Azimov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi 27 dekabrda savdo va iqtisodiy hamkorliklarga oid hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etmoqda.

Bu Islom Karimov 2 sentabrda vafot etganidan buyon O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining qo‘shni Tojikistonga ilk rasmiy safaridir.

Hukumatlararo komissiyaga Tojikiston tarafidan bosh vazir birinchi muovini Davlatali Said rahbarlik qilmoqda.

28 dekabrda Rustam Azimovning Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega 26 dekabrda borishi kutilgan, ammo Imomali Rahmonning Rossiyaga safari tufayli, bir kunga kechiktirilgandi.

Tojikiston hukumatidagi manbalarga ko‘ra, muzokaralarda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida viza tartibini soddalashtirish masalasi muhokama qilinadi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza tartibi 2000-yilda joriy etilgandi.

Tojikiston Transport vaziri Sherali Ganjalzodaning aytishicha, hukumatlararo komissiya uchrashuvida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida temir va avtomobil yo‘llarini ochish masalasi ham muhokamaga qo‘yiladi.

"Biz transport aloqalarini qayta tiklash bo‘yicha takliflarimizni berganmiz. Hozirgacha transport bordi-keldisi bo‘yicha bitim imzolangani yo‘q. Muzokaralar chog‘ida bu masalani muhokama qilamiz. Lekin bu galgi uchrashuvda ayni masalada bitim imzolanmaydi,” - dedi Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjiev.

Muzokaralarda, shuningdek, taraflarning yangi chegara nuqtasini ochishga kelishib olishi ham kutilmoqda.

Tojik rasmiylariga ko‘ra, rasmiy Toshkent 2017 yil boshida Dushanbeda O‘zbekiston mahsulotlarining yirik ko‘rgazmasini tashkillashtirishni rejalashtirmoqda.

Ushbu ko‘rgazma hoshiyasida o‘zbek va tojik ishbilarmonlarining ilk forumi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar 25 yil davomida bosqichma-bosqich yomonlashdi: 2000-yillar boshida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va tijoriy hamkorlik yarim milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2015-yilda bor-yo‘g‘i 12 million dollarni tashkil etdi.

Rustam Azimov va Imomali Rahmon
Rustam Azimov va Imomali Rahmon

Ammo, Islom Karimov vafotidan keyin, rasmiy Toshkent va Dushanbe munosabatlarida iliqlashuv kuzatilmoqda: so‘nggi uch oy ichida bir guruh o‘zbekistonlik ishbilarmonlar va tijoratchilar Tojikistonning Sug‘d viloyatiga tashrif buyurdi; O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dushanbeda prezident Imomali Rahmon bilan muloqot o‘tkazdi.

Taraflar Dushanbe va Toshkent o‘rtasida yanvar oyidan boshlab parvozlarni qaytadan ochishga kelishib oldi.

Parvozlarni ikki mamlakatning "O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Somon Eyr" aviashirkatlari amalga oshiradi.

Tojik rasmiylari xabar qilishlaricha, "Dushanbe-Toshkent-Dushanbe" qatnovi haftada ikki marta bo‘ladi.

Keyinchalik trasnport uchoqlari parvozlarini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG