Toshkentlik publitsist Alimardon Annaev Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistondagi yoshlarning aksariyati lotin yozuvida tahsil olgani uchun mamlakatda bosilayotgan gazetalarni o‘qiy olmayotganidan tashvish izhor qildi.
Suhbatdosh 27 dekabr kuni taniqli shoir, marhum Erkin Vohidov uyiga qo‘yilgan yodgorlik lavhasi ham kirillda yozilganini aytib¸ O‘zbekistonda lotin yozuvini nazar-pisand qilmaslik avjiga chiqqanligiga e’tiroz bildirdi.
Suhbatdosh¸ milliy valyutaga bepisand fuqarolar tanqid qilingani va prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston xalqini yangi yil bilan "shaxsan tabriklash" rejasiga munosabatini ifodaladi.