Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:21

AQSh senatorlari Gruziyada Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kuchaytirishga va’da berdi


Senator Makkeyn Gruziyaga qilgan safari chog‘ida chegara chizig‘i osha gruzin dehqoni bilan ko‘rishmoqda.
Senator Makkeyn Gruziyaga qilgan safari chog‘ida chegara chizig‘i osha gruzin dehqoni bilan ko‘rishmoqda.

AQShning uch senatori Gruziyaga qilgan safari chog‘ida o‘zlarining senatorlik faoliyati davomida Rossiya va uning prezidenti Vladimir Putinga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi uchun harakat qilajaklari to‘g‘risida bayonot berdi.

Janubiy Karolina shtatidan saylangan respublikachi senator Lindsi Grem 1 yanvar kuni Tbilisiga yetib kelgach, “2017 yilni hujum yili qilishga umid qilayotganini, Putinning bir chetga surib qo‘yish vaqti kelgani”ni aytdi.

“Putinga shaxs sifatida, shuningdek, Rossiyaning energetika va bank sektorlariga yangi sanksiyalar bilan qattiq zarba berish vaqti keldi”, - dedi Arizona shtatidan saylangan respublikachi senator Jon Makkeyn hamda Minnesota shtatidan saylangan demokrat senator Emi Klobusharlar bilan Gruziyaga kelgan senator Lindsi Grem.

“Biz hamkasblarimizni AQShga xakerlik hujumlari qilgani uchun Rossiyaga qarshi kuchliroq va qattiqroq sanksiyalar qo‘llashga chaqirayapmiz”,- dedi Makkeyn. Uning aytishicha, AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasining elektron pochtasiga xakerlik hujumi amalga oshirilganini isbotlovchi dalillar mutlaqo etarlidir.

AQSh senatorlari Gruziyaning bahsli hududi – Janubiy Osetiyaga yaqin chegaraoldi mintaqasi – Xurvaletiga bordi. Bu mintaqa 2008 yil avgustida sodir bo‘lgan qisqa muddatli urush davomida Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tib qolgan.

“Bu o‘ta murakkab va og‘ir davr”,- dedi Makkeyn. “Biz Gruziyaning to‘la mustaqilligi, erkinligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lishimizdan kelgan barcha ishni qilishda davom etamiz”, deb ta’kidlab o‘tdi Makkeyn.

AQSh sentaorlarining Gruziya bosh vaziri Giorgiy Kvirikashvili va prezident Irakliem Margvelashvili bilan uchrashuvi, Krsanisidagi NATO o‘quv markazini borib ko‘rishi rejalashtirilgan.

Senator Lindsi Grem AQShga qaytgach, Kongressda hamkasblariga Rossiya Boltiqbo‘yi mamlakatlarida hamda Ukrainada nima qilmoqchi ekanligi to‘g‘risida aytib berish niyatida ekanliklarini bildirdi.

XS
SM
MD
LG