Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2021, Тошкент вақти: 23:15

OzodNazar: O‘zbek erkagi lozim kiymasin


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining sobiq o‘qituvchisi Abdulla Abdurazzoq

Pedagog olim¸ muxojiratda istiqomat qilayotgan sobiq siyosiy mahbus Abdulla Abdurazzoqov OzodNazar dasturi mehmoni bo‘ldi.

Suhbatdosh O‘zbekistonda Qorqiz kiyimini kiygan yosh yigit ko‘chada odamlar tomonidan kaltaklanganligini oqlamagan holda¸ akter yigitlarning arzon obro‘ ta’masida ayol qiyofasiga kirishini ma’qullamadi.

“Men hatto “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi erkaklar ayol kiyim kiyadigan sahnani o‘z vaqtida tanqid qilganman. Erkaklarning masqarabozlik uchun bo‘lsa ham lozim kiyishi o‘zbek zehniyatiga to‘g‘ri kelmaydi” dedi suhbatdosh.

Abdulla Abdurazzoqov shuningdek¸ Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi virtual qabulxona ochilganiga ham munosabat bildirdi.

Абдулла Абдураззоқов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:39 0:00

XS
SM
MD
LG