Линклар

Шошилинч хабар
26 январ 2021, Тошкент вақти: 04:59

Qirg‘iziston Turkiyaga terrorchi ekani iddao qilingan qirg‘iz vatandoshidan kechirim so‘rashni taklif qildi


Yaxyo Mashrapov Qorasuvdagi uyida farzandlari bilan. Sherzod olgan surat.

Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchixonasi turk matbuoti Istanbuldagi tungi klubga qilingan hujum ijrochisi sifatida iddao qilgan va buning ortidan pasportining surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan qirg‘iz vatandoshi Yahyo Mashrapov huquqlari buzilgani yuzasidan tekshiruv o‘tkaza boshladi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati esa Mashrapov shaxsi tekshirilgani hamda uning Istanbuldagi terrorga aloqasi yo‘qligi aniqlanganini bildirdi.

Қирғизистон Туркияга террорчи экани иддао қилинган қирғиз ватандошидан кечирим сўрашни таклиф қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00
Бевосита линк

Ibragim Junusov: Turk matbuotida qirg‘iz vatandoshini ayblash uchun hech qanday asos yo‘q edi

Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi Ibragim Junusov ikki davlat o‘rtasida Yahyo Mashrapov huquqi buzilgani yuzasidan so‘zlashuvlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

- Qirg‘iziston vatandoshini ayblash uchun turk hukumatining rasmiy bildiruvi bo‘lishi lozim edi. Hukumat hech qanday bayonot bermadi. Biz har kuni hukumat bilan xabarlashib turibmiz. Turk matbuoti bo‘lsa turli xabarlarni tarqatmoqda. Biz ulardan rasman biron narsa aniqlanmaguniga qadar bu kabi xabarlarni tarqatmaslikni iltimos qilayapmiz, - dedi Ibragim Junusov.

Unga ko‘ra, Qirg‘iziston tomoni Turkiyadan TRT World telekanali, “Yeni Shafak”va “Hurriet” nashrlaridan 1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi “Reyna” tungi klubiga qilingan hujumda qirg‘iz vatandoshi Yahyo Mashrapovning ishtiroki bo‘lgan qabilidagi xabarlarga raddiya berishni talab qildi.

Elchixona bu ma’lumotni tarqatgan turk matbuotiga Yahyo Mashrapovdan kechirim so‘rashni ham taklif etdi.

MXX: Mashrapov tekshirildi va so‘roq qilinganidan so‘ng qo‘yib yuborildi

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Yahyo Mashrapov 3 yanvar kuni mahalliy internet saytlardan biriga pasporti va surati ijtimoiy tarmoqlarda qanday paydo bo‘lib qolgani to‘g‘risida mutlaqo tasavvuri yo‘qligi, o‘zining Istanbuldagi terror hujumiga aloqador emasligini aytdi.

Yahyo Mashrapov bilan suhbatni quyida tinglang.

Яхё Машрапов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:34 0:00
Бевосита линк

Qirg‘iziston rasmiylari ham Yahyo Mashrapov Istanbuldagi terror hujumiga aloqador ekani to‘g‘risida turk, italyan matbuotida va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarni inkor qildi.

Milliy xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Raxat Sulaymanovning 3 yanvar kuni Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga aytishicha, Yahyo Mashrapov hozirda Qirg‘izistonda yashamoqda.

Unga ko‘ra, Qorasuv shahrida yashovchi Mashrapov biznes bilan shug‘ullanadi, u Qirg‘izistonga Istanbuldan 3 yanvarda uchib kelgan. Uning pasporti haqiqiydir.

Sulaymanovga ko‘ra, turk xavfsizlik kuchlari Istanbulda samolyot uchib ketishini bir soatga kechiktirib, Mashrapovni so‘roq qilgan. Unga nisbatan hech qanday gumonlar bo‘lmagani ortidan Mashrapov qo‘yib yuborilgan.

Turk matbuoti terrorchi o‘zbek yoki qirg‘iz bo‘lgan degan iddaoda davom etmoqda

Bu orada CNN Turk telekanali Istanbulda tungi klubga hujum qilganlikda gumonlanib qo‘lga olinganlar orasida o‘zbeklar va qirg‘izlar borligini ma’lum qildi.

“Anadolu” agentligi esa hibsga olinganlar soni 14 kishiga etganini bildirdi.

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Kurtulmush hujumda gumonlangan odamga oid yangi ma’lumotlar topilganini aytdi:

-Terrorchining barmoq izlari va tashqi ko‘rinishi aniqlandi. Endi uning kelib chiqishi aniqlanadi. Biz nafaqat terrorchini, balki uning aloqalarini, klubning ichida va tashqarisida unga ko‘mak ko‘rsatganlarni aniqlaymiz, deb umid qilaman,- dedi Kurtulmush.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, turk politsiyasi Istanbulda 1 yanvarga o‘tar kechasi tungi klubga hujum qilgan shaxsni qidirishda davom etmoqda. Mazkur hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan edi.

XS
SM
MD
LG