Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan shaxsning ismi ma’lum bo‘ldi


Turkiyadagi yetakchi gazetalaridan biri - "Hurriyat"ning Istanbul huquq-tartibot idolariga tayanib xabar berishicha, Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurolli hujumni millati o‘zbek bo‘lgan Abdulqodir Masharipov amalga oshirgan.

Gazetaning yozishicha, Abdulqodir Masharipov "Abu Muhammad Xurosoniy" kod ismidan foydalangan.

Politsiya hozir hujumchining o‘tmishiga bog‘liq surishtiruvlarni boshlagan.

Turkiya ommaviy axborot vositalari hujumchi Turkiyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin degan farazni ilgari surmoqda.

Bosfor bo‘g‘ozi sohilida joylashgan Reina tungi klubiga yangi yil kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 39 odam nobud bo‘lgan va 69 odam jarohat olgandi.

Hujum oqibatida yuzaga chiqqan sarosima paytida hujumchi g‘oyib bo‘lishga ulgurgandi.

Hozirda ham butun Turkiya bo‘ylab uni qidirish davom etmoqda.

Abdulqodir Masharipov, "Hurriyat" xabariga ko‘ra, 15 dekabrda Konyadan qurolli hujumni sodir etish uchun Istanbulga kelgan.

4 yanvar kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li yangi yil oqshomida Istanbuldagi mashhur tungi klubga hujum uyushtirgan terrorchi shaxsi aniqlanganini e’lon qilgandi.

Anadolu agentligiga baënot bergan Chavusho‘g‘li¸ hujumchi shaxsini jamoatchilikka ochiqlamagan edi.

Chavusho‘g‘li baënoti tungi klubga hujumni o‘z zimmasiga olgan "Islomiy davlat" ekstremist guruhiga aloqador 20 odamning 4 yanvar kuni Izmirda hibsga olingani haqidagi xabardan so‘ng e’lon qilindi.

Ozodlik xabar tafsilotini o‘rganishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG