Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:44

Advokat: Sudlar ustidan prokuratura imtiyozini qisqartirish kerak!


Advokat¸ huquqshunos Ruhiddin Komilov
Advokat¸ huquqshunos Ruhiddin Komilov

O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoevning prokuratura organlarida bo‘ladigan islohotlariga oid bayonotiga munosabat bildirgan toshkentlik advokat Ruhiddin Komilov sudga oshirilgan ishlarni mahkamadan qo‘shimcha tergovga qaytarish amaliyotiga chek qo‘yilishini ijobiy qadam, deb baholadi.

Advokat fikricha, hukmga qadar mahkama zalidan ishni qayta tergovga yo‘llash amaliyoti to‘xtatilsa, sudlarga erkinlik berilishi mumkin va oqlov hukmlari chiqarilishi mumkin.

Ammo, avvaliga mamlkatda mavjud qonunlar ijrosi ta’minlanilmas ekan, bunday umidbaxsh farmonlar ham qog‘ozda qolib ketishi mumkin.

"Sudlar erkin bo‘lishi kerak. Prokurorlar ham xuddi advokat kabi sudga kelib, advokat kabi suddan chiqib ketishi kerak. Bizda esa ularda katta imkoniyatlar bor. Davlat oqlovchisi, davlat qoralovchisi, degan imkoniyatlar yo‘q bo‘lishi kerak. Muhimi, qonunlar ijrosi ta’minlanishi kerak. Shu paytgacha mavjud qonunlarimiz juda yaxshi qonunlar aslida. Ularning ijrosi bo‘lishi kerak", deydi advokat.

Quyida advokat Ruhiddin Komilov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Р. Комилов: Прокуратуранинг судлар олдидаги имтиёзини қисқартириш керак
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:20 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG