Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 15:05

Obama AQSh prezidenti sifatida vidolashuv nutqini ko‘zida yosh bilan tugatdi


Chikago shahriga safar qilgan AQSh prezidenti Barak Obama prezident sifatida o‘zining vidolashuv nutqini so‘zladi.

Vatandoshlarini demokratiyani himoya qilishga chaqirgan Obama nutqi so‘ngida ko‘z yoshlarini tutib turolmadi.

10 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat ertalabki 7da minglab tarafdorlari o‘ngida gapirgan 55 yoshli Barak Obama o‘zi rahbarlik qilgan o‘tgan 8 yilga yuksak baho berdi.

U hatto o‘z tarafdorlari tassavvur qilganidan ham ko‘proq vazifalarni bajarganini aytdi.

"Amerika, biz boshlagan paytga qaraganda, deyarli hamma jihatdan yaxshiroq va kuchliroq joyga aylandi, - dedi u. - Biz eng boy, eng qudratli va eng hurmatli mamlakat bo‘lib qolyapmiz."

AQSh prezidenti o‘zidan avvalgidan kuchliroq Amerikani qoldirayotgani, ammo amerikaliklar mamlakat yaxlitligiga tahdid soluvchi bo‘linishlarni yengish yo‘lida birdam bo‘lishlari kerakligini aytdi.

U Eron bilan erishilgan yadroviy bitim, Kuba bilan munosabatlarning iliqlashuvi, Amerika iqtisodiyotining qayta kuchlanishini o‘zi erishgan yutuqlar sirasiga kiritdi.

Biroq u bo‘lajak prezidentlar va vatandoshlar hal qilishi zarur bo‘lgan tahdidlarni ham sanab o‘tdi.

Amerikaning avval boshdan muhojirlar mamlakati bo‘lganini ta’kidlagan Obama muhojirlarga nisbatan salbiy qarash kuchayib borayotganini "tahdid" deya baholadi.

"Men xuddi biz singari vatanparvar bo‘lgan amerikalik musulmonlarga nisbatan diskriminatsiyani inkor qilaman," dedi u.

"Agar biz o‘zimiz himoya qilgan narsalardan voz kechmasak va kichikroq qo‘shnilarga zo‘ravonlik qilgan boshqa mamlakatlarga o‘xshab qolmasak, Rossiya yoki Xitoy kabi raqiblarimiz dunyodagi ta’sir kuchimizga bas kela olmaydi," dedi Obama.

Ko‘taringki ruhda gapirgan Barak Obama prezidentlar o‘rtasdagi qudrat almashinuvi Amerika demokratiyasi "nishoni" ekanini aytdi.

Ammo, uning ishonishicha, "demokratiya barcha uchun iqtisodiy imkoniyat yaratmasa, ish bermaydi".

So‘nggi nutqini Oq Uydan emas, balki Chikagodan qilayotganiga izoh bergan Obama "barchasi boshlangan joy"ga qaytishni istaganini aytdi.

Aynan Chikago shahrida 2008 yilda Baraka Obama prezident etib saylangani e’lon qilingan edi.

Avvalroq Oq Uy Barak Obamaning nutqi barcha amerikaliklarga, jumladan Tramp tarafdorlariga qaratilishini ma’lum qilgandi.

Uning o‘rniga prezident etib saylangan Donald Tramp prezident sifatida 20 yanvardan ish boshlaydi.

O‘z chiqishi so‘ngida Barak Obama, minbardan turib xotini Mishelga murojaat qilarkan, ko‘z yoshlarini tutib turolmadi: "Oxirgi 25 yil davomida sen nafaqat xotinim va farzandlarim onasi, mening eng yaqin do‘stim ham eding... Sen bilan faxrlanaman. Butun mamlakat sen bilan faxrlanadi".

Obama ​nutqidan iqtiboslar

Irqiy munosabatlar haqida

Men saylanganimdan keyin​, post-irqiy Amerika haqida gap bo‘ldi. Bunday qarash, niyat qanchalar yaxshi bo‘lmasin, hech qachon haqiqatga aylanmadi. Chunki, irq - bizning jamiyatimizda ko‘p hollarda kuchli ta’sirga ega va bo‘luvchi faktor bo‘lib qolyapti. Ammo irqiy munosabatlar 10 yoki 20 yoki 30 yil oldinga nisbatan yaxshiroq ekanini biladigan darajada yashadim.

O‘z yutuqlari haqida

Agar men sizga 8 yil oldin Amerika katta iqtisodiy pasayishning aksiga erishadi, avtosanoat qayta ishga tushadi, tariximizda eng ko‘p ish o‘rinlari yaratiladi deganimda … Agar men Kuba xalqi bilan yangi sahifani ochamiz, bir dona o‘q uzmay Eron yadroviy dasturini berkitamiz va 11 sentabr hujumlari tashkilotchisini yo‘q qilamiz desam ... Agar men nikoh barobarligiga erishamiz va yana 20 million vatandoshlarimizni sog‘liq sug‘urtasi bilan ta’minlaymiz desam, siz, osiladigan dorimiz bir oz baland, deb aytgan bo‘lardingiz.

Mishel Obama haqida

Mishel LaVon Robinson, Saus Saydlik qiz, o‘tgan 25 yil davomida sen nafaqat sen nafaqat xotinim va farzandlarim onasi, mening eng yaqin do‘stim ham eding. Sen bilan faxrlanaman. Butun mamlakat sen bilan faxrlanadi...​

Obama merosi

Prezident Barak Obama Oq Uyni tark etishga tayyorgarlik ko‘rar ekan, Assoshieytd-Press NORK markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 57 foizi u olib borgan siyosatni yoqlashi ma’lum bo‘ldi.

Prezident Bill Klinton ham prezidentlik muddati yakunida shunday dastakdan bahramand bo‘lgandi.

O‘zbeklar Barak Obama qoldirayotgan meros haqida qanday fikrda?

Ozodlik dunyoning turli nuqtalarida istiqomat qilayotgan jurnalist va tahlilchilarga ayni savol bilan murojaat qildi.

Kanadadan jurnalist Ulug‘bek Ashurga ko‘ra, Barak Obama "judayam yumshoq prezident bo‘ldi".

- Qanaqadir keskin harakatlar qilmadi u. Bushga o‘xshab Iroq masalasiga yorilib kirmadi. Suriya bo‘ldi, to‘g‘ri. Lekin Obama qanaqadir keskin bir hatakatlari bilan odamlarning esida qolmasa kerak, deb o‘ylayman. Mening fikrimcha, judayam yumshoq prezident bo‘ldi u, - dedi Ulug‘bek Ashur.

Журналист Улуғбек Ашур Обама мероси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:02 0:00
Бевосита линк

Ammo, Shvetsiyadan jurnalist To‘lqin Qoraev Barak Obamani "yolg‘on" siyosat olib borganlikda aybladi.

- Barak Obamadan qolayotgan merosni judayam katta meros, deb aytish qiyin. Siyosatini yolg‘onlar bilan olib bordi. Juda ko‘p yolg‘on aytdi. Ana shuning oqibatida bugungi kunda dunyo alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib yotibdi. Obamaning Yaqin Sharqda olib borgan siyosati natijasida... demokratiyani olib kiraman, degan yolg‘on harakatlar bilan mana bugungi kunda Yaqin Sharq nima ahvolga tushib qoldi? Shimoliy Afrika qanday ahvolga kelib qoldi? Bunga isbot ham kerak yo‘q. Dalilsiz hamma narsa ko‘rinib turibdi. Obamadan qolgan meros mana shu bo‘layapti endi.., - dedi To‘lqin Qoraev.

Журналист Тўлқин Қораев Обама мероси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00
Бевосита линк


Britaniyadan tahlilchi Farhod Hazratqulovning ishonishcha, "Obama misolida Amerika demokratiyasi yana bir bor sinovdan o‘tdi".

- Bilamiz dunyoda "Amerika orzusi" degan narsa bor. Tasavvur qiling, boshqa bir mamlakatdan, qashshoq bir oiladan etishib chiqqan bola bir kun kelib dunyoning kimsan eng qudratli bir mamlakati prezidenti bo‘lib, boshqarishi... Bu birinichidan demokratiyaning sinovdan o‘tishi, ikkinchidan o‘sha bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surgan Amerikaning o‘zi uchun ham katta bir sinov edi, - deydi Farhod Hazratqulov.

Таҳлилчи Фарҳод Ҳазратқулов Обама мероси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:00 0:00

Toshkentdan tahlilchi Anvar Nazirov fikriga ko‘ra, Barak Obamaning prezident etib saylanishi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida "umid tug‘dirdi".

- Obamaning prezident bo‘lishiga 20 yil oldin hech kim ishonmasdi. Lekin vaziyat o‘zgardi: Amerikaliklarning qora tanli vakili prezident bo‘ldi. Barak Obama albatta tarixga kiradi.... Uning tinchliksevarligini yumshoqlik deb qabul qilib, undan foydalangan davlatlarni ayblash mumkin..., - deydi Anvar Nazirov.

Таҳлилчи Анвар Назиров Обама мероси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00
Бевосита линк

Ammo, Toshkentdan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaga ko‘ra, Barak Obama "Suriyada urush ochgan" prezident sifatida yodda qoladi.

- Barak Obamani Suriyaga urush ochib, Suriyadagi mana shu rangli revolyutsiya boshlab, oxiri bombardimonlarga olib kelgan siyosiy va harbiy janjallarni boshlab bergan odam sifatida eslab qolishadi, deb o‘ylayman, - deya xulosa bildirdi Bobomurod Abdulla.

Журналист Бобомурод Абдулла Обама мероси ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:31 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG