Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:52

O‘zbek muhojiri: Qachongacha shu ahvolda Rossiyada yuramiz?


Yangi yilning birinchi o‘n kunida birgina Sankt-Peterburgda o‘nlab muhojir turli jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanib qidiruvga berildi yoki ushlandi.

Har bir jinoyat ortidan boshlanib ketgan jinoyat-qidiruv ishlari natijasida yuzlab markaziy osiyolik muhojirlar politsiya bo‘limlariga keltirilayotgani ma’lum bo‘lmoqda.

Andijonlik Bobur shu kunlari politsiya bo‘limlaridan biridagi temir panjara ortida o‘tirgan bir qancha o‘zbekistonlik migrant fotosuratini Ozodlikka Telegram messenjeri orqali yubordi.

U migratsiya sharoitlarining murakkabligi o‘zbek muhojirlarini nochor ahvolga tushirayotgani, aksar o‘zaro janjal-to‘polonlar yetishmovchilikdan ekani va vaziyatga hukumatlar e’tibor qaratishi kerakligini gapiradi.

Бобур билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:44 0:00
Бевосита линк

Bobur Moskva viloyati Noginsk tumani politsiya bo‘limida bir necha kundan buyon ushlab turilgan muhojirlarni qo‘l telefonida suratga tushirdi.

Bobur mahbuslar bilan suhbatdan bo‘limda ushlab turilgan migrantlarning aksari o‘zbek muhojirlari ekanini aniqladi.

Ushlanganlar orasida o‘zbekistonlik ayol-qizlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik muhojirlar zaruriy hujjatlari yo‘qligi yoki migratsiya qaydida turmagani sababli bo‘limga olib kelingan.

XS
SM
MD
LG