Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:17

OzodNazar: O‘qituvchining futbolga nima aloqasi bor?


O‘zbekistonda banklarning oddiy aholini tadbirkorlikka da’vat etib, ularga foizi kam bo‘lgan kreditlar berish va’dasi, namanganlik oddiy o‘qituvchilarning futbol klubiga homiylik qilishga majburlanishi, aholining xalq qabulxonalariga qilgan murojaatlarining qanchalik hal etilayotgani kabi masalalar yuzasidan o‘z fikrini OzodNazarga toshkentlik advokat, huquqshunos Rustam Qoraboev bildirdi:

"Oddiy aholiga tadbirkorlik qilgin, kredit olgin degan gaplar hammasi o‘yin. Oddiy aholi hech qachon bu kreditni ololmaydi, chunki, u hali banklarning kredit berishdagi o‘yinlarini bilmaydi. Qolaversa, kredit olish uchun kafolatga qo‘yadigan moshinasi yo‘q, oddiy aholining..."

"Oddiy o‘qituvchidan futbol klubiga pul undirish bu umuman noto‘g‘ri narsa. O‘qituvchining futbolga nima aloqasi bor?. Futbolchi to‘pini tepsin, o‘qituvchi dars bersin. Hamma o‘z ishini qilishi kerak..."

"Xalq qabulxonalariga qilgan murojaatlar foydasiz bo‘lyapti. Chunki, korruptsiyaga qarshi kurash ham bu o‘yin bo‘lyapti. Aslida korrupsiya tepada, ana o‘shani yo‘qotish kerak. O‘ylaymanki, Mirziyoev ishni shundan boshlamasa, baribir Karimov davridagi sharoit saqlanib qolaveradi..."

Huquqshunos Rustam Qoraboev OzodNazarini bu yerda tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:25 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG