Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 14:49

Istanbulda 39 odamni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Gumonlanuvchining qo‘lga olingan va olingunga qadar politsiya ixtiyorida bo‘lgan suratlari turk matbuotida keng yoyinlandi.

Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klubga hujum qilib¸ 39 odamni o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs shaharning Esenyurt tumanida qo‘lga olindi. Istanbul hokimi Vasip Shahinning 17 yanvar kuni ma’lum qilishicha, qo‘lga olingan odam O‘zbekiston vatandoshi Abdulqodir Masharipovdir. IShIDga mansubligi aytilayotgan mazkur shaxsning laqabi Abu Muhammad Xurosoniy bo‘lgan.

Gumonlanuvchining hozirda politsiya tomonidan so‘roq qilinayotgani aytgan Bosh vazir Benali Yildirim¸ tergov bu hujum ortidagi "kuchlar"ni aniqlashga yordam berishiga umid bildirdi.

SNN Turk telekanalining 17 yanvar kuni ertalab bildirishicha, O‘zbekiston vatandoshi ekani aytilayotgan Abdulqodir Masharipov Istanbulning Esenyurt tumanida yashaydigan Qirg‘iziston vatandoshi bo‘lgan do‘stining uyida politsiya reydi paytida qo‘lga olingan.

Hurriyet gazetasining yozishicha, reyd chog‘ida hujumchi bilan birga uning 4 yoshli o‘g‘li va kamida 4 odam qo‘lga olingan. NTV telekanaliga ko‘ra, terrorchilikda gumonlanayotgan odam qo‘lga olinish paytida politsiyaga qarshilik ko‘rsatgan.

So‘nggi xabarlarda Abdulqodir Masharipov bilan birga qo‘lga olinganlar orasida bir iroqlik erkak¸ shuningdek Misr, Senegal va Somali vatandoshlari bo‘lgan ayollar borligi aytilmoqda.

Istanbul hokimi mahalliy vaqt bilan 10.30 matbuot uchun bergan bayonotida maxsus amaliyot paytida qo‘lga olingan shaxs O‘zbekiston vatandoshi ekanini aytdi:

- Abdulqodir Masharipov, laqabi Abu Muhammad Xurosoniy Abdul Qoriy 1983 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan. Afg‘onistonda ta’lim olgan.U to‘rt tilni bilgan va maxsus ta’limdan o‘tgan bir kishi, -dedi Istanbul hokimi Vasip Shahin.

Unga ko‘ra, Masharipov yashiringan uydan 197 ming dollar, bitta o‘qotar to‘pponcha, bitta travmatik to‘pponcha, dron va simkartalar musodara qilingan.

-Terrorchi qilgan jinoyatini tan oldi. Ayni paytda uning barmoq izlari ham mos tushdi,- dedi hokim..

Туркияда Reina клубига ҳужумда гумонланган ўзбекистонлик ушланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:15 0:00

Hurriyet gazetasining bildirishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li o‘z Twitter sahifasida ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni tungi klubga hujum qilgan shaxsning qo‘lga olingani bilan tabriklagan.

Avvalroq turk matbuoti rasmiylarga tayangan holda Abdulqodir Masharipovni qo‘lga tushirish uchun ming kishilik maxsus qidiruv guruhi tashkil qilinganini bildirgan.

Bundan tashqari, Masharipovning xotini 1,5 yoshli qizi bilan birga politsiya tomonidan hibs qilingan edi. Masharipovning rafiqasi politsiyaga turmush o‘rtog‘ining terrorchilik niyati borligini bilmaganini aytgan.

Bosfor bo‘g‘ozi sohilida joylashgan Reina tungi klubiga yangi yil kechasi avtomat bilan qurollangan shaxs uyushtirgan hujum oqibatida kamida 39 odam nobud bo‘lgan va 69 odam jarohat olgan edi.

Hujum oqibatida yuzaga chiqqan sarosima paytida hujumchi g‘oyib bo‘lishga ulgurgan edi.

So‘nggi 16 kun mobaynida Istanbul politsiyasi Abdulqodir Masharipovni qo‘lga olish uchun ko‘chalardagi kuzatuv kameralaridan olingan 7200 soatga yaqin videotasvirni ko‘rib chiqqan.

XS
SM
MD
LG