Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:20

O‘z-TV Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ilk filmni namoyish qildi (video)


Islom Karimov (o‘rtada) haqidagi hujjatli filmda namoyish qilingan surat
Islom Karimov (o‘rtada) haqidagi hujjatli filmda namoyish qilingan surat

My5 kanalida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan "Mustaqil O‘zbekiston asoschisi" nomli hujjatli film namoyish etildi. Filmda Karimovning bolaligi, xizmat mavqei, O‘zbekistonga rahbarlik qilgan davri hikoya qilindi va u mamlakat mustaqilligi asoschisi o‘laroq ulug‘landi.

Toshkent vaqti bilan kechki soat 19:00 da «Mening yurtim» telekanalida namoyish etilgan hujjatli filmda O‘zbekiston birinchi prezidentining hayot yo‘li qahramonlar tilidan hikoya qilindi.

Uning bolaligi, yoshlik yillari, oliy o‘quv yurtini bitirgach, sobiq Toshkent aviatsiya zavodida ish boshlagani, keyinchalik sobiq O‘zbekiston SSR va mustaqil O‘zbekistondagi rahbarlik yillari hikoya qilindi. Qayta qurish va O‘zbekiston mustaqilligi yillaridagi yirik voqealar birma-bir jonlantirildi.

Filmda voqealar Islom Karimovni tanigan qahramonlar tilidan hikoya qilinarkan, shu paytgacha televidenie va o‘zbek matbuoti yuzini ko‘rmagan suratlar, videokadrlar namoyish qilindi. Film davomida ayrim voqealar aktyorlar ijrosida qayta jonlantirildi.

Jumladan, sobiq SSSR parchalanayotgan kezda markazqo‘mda bo‘lgan siyosiy byuroda Islom Karimov nomzodining O‘zbekiston rahbarligiga qo‘yilgani, ammo Karimov bu taklifni rad etganiyu byuroni tark etgani, shunga qaramay uning nomzodi tasdiqlangani aytildi.

Filmda 1989 yilda sodir bo‘lgan Farg‘onadagi etnik mojaro "Karimovga sobiq rahbardan qolgan tortiq" sifatida tilga olindi.

1990 yilning fevralida Toshkent viloyatining Bo‘ka va Parkent tumanlarida bo‘lgan voqealar esa "qayta qurish davrida vujudga kelgan ichki muamollar yig‘indisi bo‘lgan inqiroz tarsakisi" deb baholandi va har ikki mojaroda Islom Karimovning qahramonlarcha to‘qnashuvlar markaziga borgani, ko‘chalarga chiqqan odamlar ishonchini qozonib, vaziyatga tezkor yechim topgani olqishlandi.

1999 yildagi 16 fevral portlashlari ham alohida hikoya qilindi. Voqea guvohlari, jumladan, o‘sha kezda prezident matbuot kotibi bo‘lgan Azamat Ziyo tilidan o‘sha kun daqiqama-daqiqa jonlantirildi.

Ammo, filmda - O‘zbekiston mustaqilligi davridagi eng qonli voqea sifatida tarixga kirgan Andijon voqealari tilga olinmadi.

Bundan tashqari, Islom Karimovning shaxsiy hayoti - oilasi, korruptsion mojarolar markazida qolgan to‘ng‘ich qizi va oilaviy mojarolarga bog‘langan kichik qizi, shu kunda yaqin qarindoshlari yirik jinoyatlarda ayblanayotgan rafiqasi haqida lom-mim deyilmadi.

Birinchi prezidentga bag‘ishlangan film hozirgi prezident Shavkat Mirziyoevning saylanishi hamda uning Islom Karimov yo‘lini davom ettirishi haqidagi va’dasi bilan yakunlandi.

XS
SM
MD
LG