Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2021, Тошкент вақти: 10:31

Ukrainaning Avdeevka shahri yana urush qa’rida qoldi


Avdeevka shahri, 2016 yil, 31 yanvar.

Besh kun avval Ukraina sharqidagi Avdeevka shahriga yana urush kunlari qaytdi. Shahar ahlining aytishicha, 1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat ertalabki 7:30 da shaharda raketa hujumlari boshlangan.

Ukraina sharqida deyarli uch yil oldin boshlangan urush yana qaytadan jonlandi. Xabarlarga ko‘ra, 450 kilometrga cho‘ziluvchi front bo‘ylab Rossiya dastaklayotgan ayirmachilar Kiev kuchlari bilan to‘qnashmoqda.

29 yanvardan beri umumiy hisobda kamida o‘n nafar oddiy fuqaro hamda jangchi halok bo‘ldi. Ukraina armiyasi tunda yana ikki nafar harbiy halok bo‘lganini bildirdi.

Ayrimachilar orasida halok bo‘lganlar haqida rasman e’lon qilingani yo‘q. Shunday bo‘lsada, yuqori lavozimli qo‘mondan uch jangchi halok bo‘lganini bildirdi.

Har ikki taraf bir-birini to‘qnashuvlarni boshlashda ayblamoqda. Avdeevkada yashaydiganlardan biri har ikki taraf aybdor, deb hisoblashini aytdi.

22 mingga yaqin odam yashovchi shaharning katta qismi kecha -18 gradus sovuqda elektr tokisiz va issiq suvsiz qoldi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bugun Donetsk shimolida suv va isitish qisman qayta tiklangan.

Prezident Poroshenko 31 yanvarda hukumat kuchlari mudofaani muvaffaqiyatli olib borayotganini ta’kidladi.

"Avvallo, hammani xotirjam qilish uchun ishontirib aytamanki, bizning 72 - brigada harbiylari va boshqa bo‘linmalar o‘z pozitsiyalarini o‘ta muvaffaqiyatli himoya qilmoqda”, - dedi Poroshenko.

31 yanvarda e’lon qilingan xabarda so‘nggi 24 soat ichida jangovar harakatlar markazi bo‘lib qolayotgan Avdeevkada Ukrainaning uch harbiysi halok bo‘lgani aytilgan edi. Tinch aholi orasida ko‘rilgan talofatlar hozircha aniq emas. 30 yanvardagi to‘qnashuvda Avdeevkada aholidan 12 kishi halok bo‘lgani aytilgan.

Dushanba kuni Ukraina hukumati Avdeevka tun bo‘yi ayrimachilar tomonidan bombardimon qilinganini va bu yerdagi vaziyat “gumanitar halokat yoqasida” ekanini bildirgan. Prezident Poroshenko shu munosabat bilan Germaniya safarini qoldirgan edi.

Yevropa Ittifoqi tomonlardan zudlikda janglarni to‘xtatishni talab qilmoqda.

XS
SM
MD
LG