Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:50

Kiev sudi Islom Karimovning qayinjiyani ishini ko‘rib chiqishni yana qoldirdi


Akbar Abdullaev sud qaroriga izoh bermadi
Akbar Abdullaev sud qaroriga izoh bermadi

Ukraina poytaxti Kievda sud marhum prezident Islom Karimovning qayinjiyani Akbarali Abdullaev ishini ko‘rib chiqishni oxirgi bir hafta ichida ikkinchi marta qoldirdi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 33 yashar Akbarali Abdullaevni "Interpol" orqali xalqaro qidiruvga bergan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ayblov xulosasiga ko‘ra, Abdullaev o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish, chet el valyutasini yashirish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash va jinoiy faoliyatdan olingan yuzlab million dollarni legallashtirishda ayblanmoqda.

U ayni ayblovlar bilan 2013 yilning 10 oktabrida hibsga olingan va 2014 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan sud so‘ngida uzoq yillik qamoq jazosiga hukm etilgandi.

20 yanvarda Ozodlik Abdullaevning amnistiya asosida 2016 yil yozida ochiqqa chiqqani, Islom Karimov 2 sentabrda vafot etganidan ko‘p o‘tmay mamlakatdan noqonuniy yo‘llar bilan chiqib ketgani va Kiev xalqaro aeroportida qo‘lga olingani haqida xabar ​qildi.

16 yanvarda Kiev sudi O‘zbekistondagi "vakolatli organlar talabnomasi kelgunga qadar" Akbarali Abdullaevni 40 kun davomida hibsda saqlash haqida qaror chiqardi.

Ammo, sud qaroridan norozi bo‘lgan Akbarali Abdullaev apellyatsion shikoyat arizasini kiritgan.

O‘zbek tarjimoni yo‘q

Akbar Abdullaev sud zaliga kishanlangan holda keltirildi
Akbar Abdullaev sud zaliga kishanlangan holda keltirildi

Akbar Abdullaevning ukrainalik advokati Aleksandr Fedorenkoning aytishicha, apellyatsion sud 30 yanvarda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq zaruriy hujjatlar keltirilmagani uchun sud ishi bir haftaga qoldirilgandi.

6 fevralda esa, Kievdagi Ozodlik muxbiriga ko‘ra, o‘zbek tarjimoni bo‘lmagani bois sud yana qoldirilgan.

Sud zalida bo‘lgan Abdullaevning o‘zi na o‘zining hibsga olinishiga va na sud hukmiga izoh berdi.

Ozodlik sud ishini yaqindan kuzatishda davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG