Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 08:49

Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki O‘zbekiston bilan hamkorlikni jonlantirmoqchi


O‘zbekistondagi yirik loyihalarni moliyalashtirishni 2007 yilda to‘xatgan Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki Toshkent rasmiylari bilan uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda bankning Toshkentga 6 fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun kelgan Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova mahalliy matbuotga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga qarashli “Jahon” axborot agentligining bildirishicha, Yevropa qayta qurish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan 6 fevralda uchrashdi.

“Ayni paytda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda o‘zaro munosabatlarning asosiy prioritetlarini aniqlayapmiz. Respublika hukumati bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar asosida Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy sarmoya yotqizishi mumkin bo‘lgan o‘zbkek iqtisodiyoti sohalarini aniq belgilab olamiz”, - dedi Xanjenkova tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga bergan suhbatida.

Unga ko‘ra, bugungi kunda hamkorlik qilinishi nazarda tutilayotgan prioritet sohalar qichik va o‘rta biznesni qo‘llab - quvvatlash, mamlakatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘lib qolmoqda.

Bank O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni nazarda tutayotganini ta’kidlagan Natalya Xanjenkova “iqtisodiyotning an’anaviy bo‘lgan sohalari bilangina cheklanib qolmay, yangi innovatsion yo‘nalishlar izlanayotgani” bildirdi.

Xanjenkovaning aytishicha, Toshkentga Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartining tashrif qilishi kutilmoqda. Bu tashrif O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi hamkorlikning kengayiishiga sabab bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi, Yevropa Investitsiya banki va 65 davlat ishtirokida tashkil etilgan Yevropa qayta qurish va taraqqiyot banki 1991 yildan faoliyat ko‘rsata boshlagan. O‘zbekiston bankka 1992 yilda a’zo bo‘lgan edi. O‘shandan to 2007 yilgacha bank O‘zbekistondagi umumiy qiymati 900 million yevroga teng bo‘lgan 55ta loyihani amalga oshirgan.

Bugungi kunda bank O‘zbekistonda faqat mavjud bo‘lgan invetitsiya portfelini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan umumiy qiymati 8 million yevrolik 5 loyihani amalga oshirish bilan cheklanib qolayotgan edi.

Joriy yil yanvarida Jahon banki vitse prezidenti Siril Myuller ham Toshkentga kelgan va prezident Mirziyoev bilan uchrashgan.

Jahon banki o‘tgan yili O‘zbekistonga 2020 yilgacha 4 milliard dollargacha mablag‘ ajartishini ma’lum qilgan. Bu mablag‘ning 3 milliard dollari o‘tgan yilning iyulida ajratilgan va 27 loyihani amalga oshirishga sarflanadi.

O‘zbekiston Jahon bankiga 1995 yilda a’zo bo‘lgan edi. O‘shandan to 2016 yilgacha Jahon banki O‘zbekistonga 2 milliard 800 million dollarlik yordam ko‘rsatgan.

XS
SM
MD
LG