Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 15:50

Istanbuldagi o‘zbeklar o‘zlariga nisbatan munosabat sovuqlashganini aytmoqda


Turkiya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, mamlakatning 29 viloyatida 30 yanvardan 6 fevralga qadar o‘tkazilgan amaliyotlar davomida "Islomiy davlat" terror guruhiga aloqadorlikda gumonlanib 820 kishi hisbga olingan. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

Turkiyadagi o‘zbek diasporasi faollari va mehnat muhojirlari bergan ma’lumotga ko‘ra, birgina Istanbul shahrining o‘zida noqonuniy yashab yurgan o‘ndan ziyod o‘zbekistonlik ushlangan.

Turkiya politsiyasiga ko‘ra, oxirgi oylarda kuzatilgan eng yirik reydlar chog‘ida qo‘lgan olinganlardan turli xil hujjatlar, digital materiallar, ikki to‘pponcha, to‘rta miltiq va o‘q-dorilarni musodara qilingan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi 820 nafar hibsga olingunga qadar 780 kishi, jumladan 350 nafar xorij vatandoshi hibsxonalarda saqlanayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

“Islomiy davlat” guruhi a’zolari va xayrixohlariga qarshi amaliyotlar 2017 yilga o‘tar kechasi Istanbuldagi Reyna tungi klubiga uyushtirilgan qurolli hujumdan keyin kuchaydi.

Hujum uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

O‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipov ayblanayotgan mazkur hujum oqibatida 39 kishi nobud bo‘ldi¸ yana o‘nlab odam jarohat oldi.

Abdulqodir Masharipov hujumdan 16 kun o‘tib Istanbulda qo‘lga olindi. Turkiyada yashayotgan o‘zbeklarning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha¸ bu hujumdan so‘ng mahalliy xalq orasida o‘zbeklarga nisbatan salbiy qarash alomatlari sezila boshlagan.

Toshkentlik Muhammadga ko‘ra, oxirgi paytlarda Istanbulda xorij vatandoshlarini tekshirish kuchaygan. U o‘z vatanini tilga olishga ham "xijolat" bo‘lib qolganini aytdi:

- Ko‘chalarda tekshir-tekshirlar. Kimligi (yashash uchun ruxsatnomasi - Ozodlik izohi) yo‘q olib kirib ichkariga, tekshirib, aloqasi bormi-yo‘qmi... Keyin telefonlar ko‘p tekshiriladi. Aeroportlardayam tekshirishlar kuchaygan. Birov so‘rasayam odam O‘zbekistonlik deganiyam xijolat bo‘lib qoladi¸ deydi Muhammad.

Ozodlikka ovozi yozib olinmaslik sharti bilan gapirgan o‘zbekistonlik tijoratchiga ko‘ra, Reyna tungi klubiga hujumdan keyin o‘zbeklarga nisbatan munosabat "judayam o‘zgargan".

"Istanbulda turaman. Qo‘ni-qo‘shnilarimiz muomalasiyam o‘zgargan¸ to‘g‘risi. Yomon tarafga o‘zgargan. Qo‘shnilarimiz ham "klubga hujum qilgan o‘zbek ekan-a?" degan noxush savollarni bera boshlashdi. Kecha uyimga kir yuvish mashinasini tuzatadigan usta kelgandi. Uyam o‘zbek ekanligimni bilganidan keyin hadiksirab-hadiksirab, g‘alati-g‘alati muomalar qildi," - deydi o‘zbekistonlik tujjor.

Tojikistonlik Abdulahad Abdulmajid o‘g‘li esa o‘zbeklarga bunday munosabat shakllanishida mahalliy matbuot "hissa qo‘shayapti" degan fikrda:

-Umuman olib qaraganda, yovqarash bor. Turkiya mediyasida "chekik go‘zli", ya’ni "qisiq ko‘zli" deb agitatsiya boshlashdi. O‘zbek turki, uyg‘ur turki deb ataylab urg‘u berishdi, xalq orasida spetsialno nafrat uyg‘otish uchun - deydi Abdulahad Abdulmajid o‘g‘li.

Xalqaro turkistonliklar hamkorlik jamiyati raisi muovini Namoz Normo‘min ham Reyna tungi klubiga hujumdan keyin o‘zbeklarga nisbatan munosabat "biroz o‘zgargani"ni e’tirof etadi:

-Chunki, ba’zi matbuotda, xususan, xususiy matbuotda, ya’ni ommaviy axborot vositalarida, televizorlarda "o‘zbek terroristi", deb aytildi. Biz bularni norozilik namoyishi qildik, bayonotlar berdik. Bular millati bilan yoki vatani bilan aytilmasin, ya’ni terrorchining vataniyam, millatiyam bo‘lmaydi, - dedi Namoz Normo‘min.

Qarshilik Samat Julliev Turkiya poytaxti Anqarada istiqomat qiladi. U "Reyna" klubiga hujumdan keyin o‘zbeklarga nisbatan yovqarashni "umuman" sezmaganini aytadi.

Uning ishonishicha, o‘zbeklarga salbiy munosabat Istanbulda sezilayotgan bo‘lishi mumkin, ammo bu Anqaradagi vaziyatni bunday deb bo‘lmaydi:

- Bizlarga nisbatan o‘zgargani yo‘q. O‘zbek, qirg‘iz, qozoq va turkmanni bir xil ko‘rishadi. Istanbulda bo‘lishi mumkin. Ammo Anqarada bu narsa sezilmaydi, - dedi Samat Julliev.

XS
SM
MD
LG