Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2021, Тошкент вақти: 03:40

Mirziyoev tasdiqlagan "5 yillik plan"da so‘m konvertatsiyasi masalasi ham bor


Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan ikkita hujjatni tasdiqladi.

Bu ikki hujjatdan birinchisi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ”dir.

“Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” esa, Prezident farmoni bilan tasdiqlangan ikkinchi hujjat.

F a r m o n m a z m u n i

O‘zi yaxshiydiyu lekin...

7 fevralda imzolangan farmon muqaddimasida “mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani” e’tirof etiladi va ayni paytda mamlakatni “rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish taqozo” etilayotgani aytiladi.

“Aholi” va “tadbirkorlar” farmonning kalit so‘zlari

Har holda, Prezident farmonining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni tasdiqlashga doir 1- bandi bunday boshlangan:

“1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish...”

Harakat strategiyasining 5 yo‘nalishi

quyidagilardir:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

ijtimoiy sohani rivojlantirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish;

Har bir yo‘nalish mazmuni bilan tanishish uchun mana bu yerni bosib, farmon matniga chiqishingiz mumkin.

Yon qo‘shni - jon qo‘shni

Xususan, tashqi siyosat yo‘nalishida mana bunday deyilgan:

"...O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash".

Bajaruvchi kim?

Farmonning 2- bandida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha bir necha Milliy komissiya tuzilgani aytilgan.

Bajarmasang, joyni bo‘shatib qo‘y!

Farmonning 3- bandida "Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi" ekanligi uqtirilgan.

5 bosqichli strategiya yoki Har yilning o‘z nomi bo‘ladi

“Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi”, deyilgan Farmonning 3- bandida.

Kim nima qiladi?

Farmonning qolgan 6 bandidan “Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ni tasdiqlash va bu dasturni amalga oshirish qaysi idoralarga topshirilgani ma’lum bo‘ladi.

Bu bandlardagi topshiriqlar odatdagi “vazifasi yuklansin”, “nazoratni ta’minlasin”, “e’tibor qaratsin” kabi iboralar bilan tugagan.

Tahlilchi fikri

Fransiyada yashayotgan o‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Prezident Mirziyoev 7 fevralda imzolagan farmon yuzasidan fikrlarini Ozodlik bilan o‘rtoqlashar ekan, bu hujjatni Karimov davridagi shunga o‘xshash hujjatlarga qiyosladi.

- Karimovning shunga o‘xshash hujjatlaridan Mirziyoev imzolagan farmon ancha kichik va lo‘ndadir. Lekin aslida Karimovning ritorikasidan Mirziyoevning ritorikasi farq qilmaydi. O‘xshashlik taxminan 85-90 foizdir...

Камолиддин Раббимов Шавкат Мирзиёевнинг 7 февралдаги фармони тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:30 0:00
Бевосита линк

F a r m o n g a Sh a r h m a z m u n i

Sal ozroq emasmi?

Farmonga ilova qilingan Sharhda keltirilishicha, Mirziyoevning 7 fevral kungi farmoni bilan tasdiqlangan ikki dastur loyihalari muhokamasiga hammasi bo‘lib 2610 kishi, shu jumladan, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari qatnashgan.

Jo‘jani kuzda sanaymiz?

Sharhda Harakat strategiyasi 5 yo‘nalishining har biri alohida tushuntirilgan. Tushuntirmalarning har biri, balki, shu soha mutaxassislari uchun muhim ko‘rinar, lekin ko‘pchilik uchun doimiy “tasir-tusir” bo‘lib tuyuladiganday.

Lekin, konkret raqamlar ham yo‘q emas. Masalan, mana bu abzatsdagiday:

“2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi”.

Boshqa yana bir qator raqamlar borki, kuz kelib, jo‘jani sanayotganingizda qiyoslash uchun bilib qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, mana bu erni bosing.

So‘mni konvert qilarmikan Prezident Mirziyoev?

Butun O‘zbekistonni va potentsial mahalliy va horijiy investorlarni qiziqtirayotgan bu savolga sharhda mana bunday javob berilgan:

“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish <…> nazarda tutilmoqda”.

Bu masalaning, ya’ni valyutani tartibga solish masalasining boshqa detallari na Farmonda, na unga ilova qilingan Sharhda berilgan.

Mutaxassis fikri

O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, Astanadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti, iqtisodchi Saparboy Jubaevdan Harakat strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” yo‘nalishini sharhlab berishni so‘radik.

Сапарбой Жубаев Шавкат Мирзиёевнинг 7 февралдаги фармони тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:14 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG