Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:52

Mirziyoev gapi ortidan militsiya va prokuratura gazdan qarzdorlar ustiga tashlandi


Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida gaz va elektrdan qarzdorlarning mol-mulki musodara qilinayotgani borasida jizaxliklar Ozodlikka shikoyat qildi. Ularning aytishicha¸ qarzdorlardan haqni undirish maqsadida tashkil qilingan o‘n kishilik “xatlov guruhlari” uyma-uy yurib qarz undirishmoqda.

Zafarbod tumanida yashovchi Bahtiyor Umurzoqovning Ozodlikka aytishicha¸ videotasvirchi bilan kelgan va oralarida militsiya hamda prokuratura xodimlari bo‘lgan guruh uning uyidagi moli va televizorini qarz evaziga olib ketgan. Bu voqea eltuz.com nashrida hajv ham qilindi.

Eltuz.com nashridan olingan karikatura
Eltuz.com nashridan olingan karikatura

​Jizzax gaz ta’minoti idorasidagi muhandisning Ozodlikka bildirishicha¸ bundan oldin qarzini to‘lamaganlar ishi sudga oshirilib, mol-mulki musodara qilinishi haqida ogohlantirilganlar.

Mulozimga ko‘ra¸ Jizzax viloyatida 300 kishi katta miqdorda gaz qarzdori sifatida javobgarlikka tortilgan.

Gaz idorasidagi mulozimning aytishicha¸ bu tadbirlar prezident Shavkat Mirziyoevning gaz va elektr qarzdorlariga chora ko‘rish borasidagi yanvar chaqiriqlari ortidan tezlashgan.

Jizzax viloyati bo‘ylab gaz va elektrga oid qarzni yig‘ib olish haqida viloyat hokimligi maxsus tadbir ishlab chiqqan.

Bu tadbir doirasida gaz va elektr idorasi¸ militsiya va prokuratura xodimlarini o‘z ichiga olgan 10 kishidan iborat guruhlar tuman bo‘ylab qarz undirish ishiga safarbar qilingan, deydi Ozodlik bilan suhbatda mulozim:

- Tadbir davomida aniqlangan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilayapti. Prokuraturadan vakil, ichki ishlar vakili, sud vakili kelarkanda, kimning katta qarzi bo‘lsa, shu yerning o‘zida prokuror jinoiy ish ochib shu yerning o‘zida sud hukm chiqarib, qarzdorlikni qoplaydigan summadagi televizor bo‘ladimi, qo‘y yoki mol bo‘ladimi musodara qilinayapti,- deydi mulozim.

Unga ko‘ra, bu tadbir uchun Vazirlar mahkamasining 283-farmoyishiga asos bo‘lmoqda. Farmoyishga ko‘ra¸ mijozning qarz miqdorini aniqlash uchun mol mulki xatlanishi mumkin.

Otingni sot¸ molingni sot gaz haqini to‘la

Ozodlik mahalliy aholi bilan suhbatlar asnosida respublikaning boshqa hududlari¸ hususan Andijon shahri va Toshkent viloyatida ham gaz iste’molchilari gazdan qarzi ko‘paygani uchun sudga tortilgani haqida sud ijrochilari bo‘limlari tomonidan chaqiruv qog‘ozi ola boshlaganlarini aniqladi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi iste’molchilardan birining ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha, bu chaqiruv qog‘ozlarida sud ijrochisining qonuniy talabini bajarmagan shaxs eng kam ish haqining besh barobaridan o‘n barobarigacha jarimaga tortilishi hamda IIB xodimlari tomonidan majburiy keltirilishi haqida ogohlantirilgan.

Elektr bedarvoza emas

Militsiya va prokuratura xodimlari ishtirokida guruhning qarz undirishga safarbar qilingani haqida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov O‘zbekiston prezidentining 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga safari paytida bildirgan edi:

- Qarz undirish bo‘yicha prokuror¸ militsiya boshlig‘i¸ soliq idorasi boshlig‘i va hokimlik vakilidan iborat guruh tuzildi. Bu guruh 1 avgustga qadar gaz va elektr qarzlarini undiradi¸ degan edi Bosh vazir o‘rinborasari.

Ayni safar paytida Mirziëev “elektr energiyaning bedarvoza” emasligini eslatgan edi.

XS
SM
MD
LG