Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 01:59

Mirziyoevning besh tamoyili mamlakatni buyuk kelajakka eltadimi?


Qurultoy qatnashchilariga ko‘ra¸ Mirziyoev chaqiriqlari kommunistik targ‘ibotiga mengzaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 7 fevral kuni O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Normativ-huquqiy aktlar portaliga 18 yanvarda muhokama uchun joylashtirilgan hujjatda besh yo‘nalishda islohotlarni amalga oshirilishi qayd etilgan.

Ozodlikning Qurultoy dasturida strategiyada o‘z aksini topgan besh tamoyilni muhokama qildik.

O‘zbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish strategiyasida davlat boshqaruvini, sud-huquq tizimini modernizatsiyalash, iqtisodni liberallashtirish, ijtimoiy sohani va tashqi siyosat printsiplarini isloh etish nazarda tutilmoqda.

Qurultoy qatnashchilari bu strategiyani “yaxshi niyat haritasi” deya tasniflab bu niyatlar amalga oshishiga jiddiy shubha bildirdilar.

-Strategiya loyihasi dolzarb bo‘lishiga qaramasdan hayotga tadbiq qilish mexanizmlari ko‘rsatilmagan dedi¸ dastur qatnashchisi jurnalist Anvar Usmonov.

O‘zbekistonlik tadbirkor Mirza Anvar Husainov esa¸ xorijiy tajribani tahlil qilgan tarzda

sud mustaqilligini ta’minlash va iqtisodni liberallashtirishga erishish mumkin deya hisoblaydi.

Қурултой дастури
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:37:44 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG