Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:20

Mirziyoev jinoyatni ochganlarni to‘rt karra oylik bilan mukofotlashni taklif qildi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev huquqni muhofaza qilish idoralari mulozimlari bilan 9 fevralь kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida prezidentning huquqni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmedboevni jinoyatni ochish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani va e’tiborsizligi uchun qattiq koyigani Ozodlikka 15 fevral kuni ma’lum bo‘ldi.

Prezidentga ko‘ra, jinoyat qidiruv va tergov bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalar faoliyatida moddiy rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish kerak.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning selektor yig‘ilishida aytishicha, Bosh prokuror Ixtiyor Abdullaev va Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda jinoyat qidiruv va tergov bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalar faoliyatini takomilashtirish va ularning tuzilmasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, mas’uliyatni oshirish va moddiy rag‘batlantiruvchi mexanizm joriy etish yuzasidan bir oy muddat ichida qaror loyihasini kiritishi lozim.

Prezident Mirziyoevning selektor yig‘ilishida aytgan gaplari audioyozuvini ana shu yig‘ilishda ishtirok etgan Ozodlik manbasi jo‘natdi.

Шавкат Мирзиёевнинг селектор йиғилишида Аҳмедбоевни танқид қилгани
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:51 0:00
Бевосита линк

Ozodlik ixtiyorida bu audioyozuv aynan ana shu selektor yig‘ilishidan yozib olinganini tasdiqlovchi boshqa manba yo‘q.

Prezident selektor yig‘ilishida ichki ishlar bo‘yicha o‘z taklifini aytar ekan, jinoyatni ochgan prokuratura va ichki ishlar xodimlari uchun moddiy manfaatdorlik tizimini shakllantirish kerak, dedi:

“Prokuraturada bor, sovbezda bor, ichki ishlarda bor, hamma bir ish bilan shug‘ullanyapti. Lekin natija mutlaqo yo‘q. Har bir jinoyatni ochganga kerak bo‘lsa moddiy rag‘batlantirish bering. Ikki karra, uch karra, to‘rt karra jinoyatni ochganiga qarab oylikni beraylik. Jinoyatni ochganam bir yuribdi, ochmaganam bir yuribdi”, dedi prezident.

Mirziyoev bu haqda o‘z takliflarini kiritishni so‘rab, huquqni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha davlat maslahatchisi, sobiq ichki ishlar vaziri Adham Ahmadboevga o‘n martalab murojaat qilgani, biroq maslahatchidan javob bo‘lmaganini aytdi:

“Men necha marta janob Ahmedboevga aytdim. Lekin Ahmedboev bilan tilimiz to‘g‘ri kelmayapti. U bilmayman qaysi tilni tushunadi, noinsof, u qaerda o‘qigan, umuman tushunmaydi. Men unga o‘n marta topshiriq beryapman, tushunmaydi u. Ey, sen noinsof, menga ... olib kel menga deb necha oydan beri aytyapman, u esa umuman tushunmaydi, erta, erta, erta, erta, erta.... Yo tushunmaydi, yo garang, yo qilishni xohlamaydi. Shuning uchun bu juda muhim, prokuratura bilan ichki ishlar bilan bir bo‘lib, har bir jinoyatning natijasi bo‘yicha qattiq shug‘ullanmasa bo‘lmaydi. Bizlarda tartib yo‘q. Axmedbaevga o‘xshagan vazirlar o‘tirgan bo‘lsa, hech narsani tushunmasa, men dardimni kimga aytaman. Qaysi tilda gaplashay, o‘rischa ham gapirdim, o‘zbekcha ham gapirdim, tushunmaydi, u”, dedi Shavkat Mirziyoev.

Iste’fodagi militsiya mayori xorazmlik Otanazar Olloberganov ham jinoyatlar soni kam ochilishining asosiy sababi o‘zbek militsiyasi tarkibining professional emasligida deb bilishini Ozodlikka aytdi:

- Prezident aytganidek, militsiyada ham ishlaydigan yaxshi xodimlar bor. Ularni rag‘batlantirishni men ham qo‘llab quvvatlayman. Lekin hozirgi o‘zbek militsiyasining katta qismi, taxminan 70-80 foizi tekinxo‘r. Ularga oylik tugul, non ham bermasdan, pogonini yulib olimb militsiyadan haydash kerak. Prezident tanqidlaridan keyin endi bular ham sal qo‘zg‘alib qoldi. Ammo, militsiya tarkibini tozalash kerak va bu sohada chuqur islohot o‘tkazish kerak, dedi Otanazar Olloberganov.

Shavkat Mirziyoev 9 fevral kuni o‘tkazgan selektor yig‘ilishida bugungi o‘zbek militsiyasidan xalq norozi ekanligini ta’kidlab, tanqid qilgan edi:

-O‘tgan yili 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –degan edi Mirziyoev.

Shu kungi selektor yig‘ilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ramziddin G‘afforov¸ Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Bobojonov va Toshkent viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Boboxo‘jaevlarni ishdan bo‘shatgan edi.

XS
SM
MD
LG