Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 01:12

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi parvozlar 26 martdan boshlanadi


Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK ma’lum qildi. Aytilishicha, joriy yilning 26 martidan parvozlarning yozgi jadvaliga o‘tiladi va unda A-320 samolyotlarida haftaning ikki kuni - seshanba va shanba kunlarida Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Yozgi jadvalga o‘tilguncha Toshent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida parvozlar bajariladimi-yo‘qmi – bu haqda kompaniya bildiruvida aytilmagan.

“Somon Eyr” aviakompaniyasining Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 20 va 23 fevralga rejalashtirilgan parvozlarni amalga oshira olmagan va buning uchun kompaniya yo‘lovchilar va o‘zbekistonlik hamkasblaridan uzr so‘ragan edi.

Horijiy aviakompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga doimiy parvozlari O‘zbekiston davlat aviatsiya nazorati tomonidan 2008 yil 25 fevralda tasdiqlangan 33-sonli «Xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga doimiy aviaparvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatmalar» asosida amalga oshiriladi.

Mazkur ko‘rsatmalar asosida xorijiy aviakompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKga hujjatlar to‘plamini topshiradi. Biroq, u O‘zbekistonga doimiy parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilayotgan kundan kamida 30 kun avval topshirilishi lozim.

Bu haqda mahalliy nashrlarga ma’lumot bergan «O‘zbekiston havo yo‘llari» vakiliga ko‘ra, 2017 yil 10 fevralda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Direksiyasida Somon Air MChJ delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda Tojikiston aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar to‘plami taqdim etilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Tojikiston aviakompaniyalarining Toshkent va Dushanbe shaharlariga doimiy parvozlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.

Ayni vaqtda, Somon Air MChJning O‘zbekistonga doimiy parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish masalasi, ushbu kompaniya taqdim etgan hujjatlar asosida qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

2017 yil 23 fevralda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKda Somon Air aviakompaniyasining ishonchli vakili Baxtiyor Alimurodov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan va unda Tojikiston aviakompaniyasining Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishiga doir tushuntirishlar berilgan. Shu bilan birga, xorijiy avikompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasiga aviaparvozlarni amalga oshirish tartiblariga oydinlik kiritilgan.

XS
SM
MD
LG