Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 20:37

Almazbek Atambaev siyosatda qolishini sha’ma qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev 28 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv paytida 2017 yil kuzida hokimiyatdan ketganidan so‘ng ham siyosatda qolishini sha’ma qilgani va buning ortidan prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Sapar Isaqovning ma’muriyat rahbari etib tayinlanishini ayrim siyosatchilar hamda tahlilchilar Qirg‘izistonda “voris operatsiyasi”ning boshlanishi sifatida talqin etmoqda.

Qirg‘iziston matbuotiga fikr bildirayotgan siyosatchilar Sapar Isaqovning bir necha yil ichida prezident ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i vazifasidan prezident ma’muriyati rahbari lavozimiga ko‘tarilishi ortidan Atambaev o‘zining vorisi kim bo‘lishiga sha’ma qilmoqda, deb aytmoqdalar. Sapar Isaqov 1 mart kuni prezident ma’muriyati rahbari lavozimiga tayinlangan.

Jumladan, Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari, siyosatchi Keneshbek Duyshebaev: ”Bugun prezident ma’muriyati rahbari etib Sapar Isaqovning tayinlanganiga guvoh bo‘ldik. Shundan kelib chiqqan holda Sapar Isaqovni prezidentlikka nomzod sifatida olg‘a surib, yosh yigitni otaliqqa olish orqali Atambaev siyosatda qolishga qaror qilgan, degan fikrga keldim”, deb bildirdi.

40 yoshli Sapar Isaqov 6 yil avval prezident ma’muriyatiga ishga kelgan edi. U qisqa muddat tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlaganidan so‘ng Atambaevning “o‘ng qo‘li” maqomiga etishgan.

Qirg‘izistonlik tahlilchilar va siyosatchilar shundan so‘ng Atambaev o‘ziga voris sifatida Isaqovni tanlab olgani haqida matbuotda va ommaviy chiqishlarida bildira boshlagan edi. Biroq Atambaev bu iddaolarni rad etgan, shu yilning kuzida prezidentlik saylovlari “vorsi operatsiyasi”siz o‘tkazilishini aytgandi.

Sapar Isaqov ham o‘zining voris ekani to‘g‘risidagi iddaolarni fevralь oyida o‘tgan matbuot anjumanida tasdiqlamadi va ayni paytda inkor ham qilmadi:

-Bunday masala bugungi kun tartibiga qo‘yilgan emas, -deb aytgan Sapar Isaqov.

Markaziy Osiyo bo‘yicha moskvalik tahlilchi Arkadiy Dubnov Atambaev Putin bilan uchrashuvi chog‘ida“prezidentlikdan ketganimdan keyin ham siyosatda qolaman”, deyish orqali Kremlning o‘z vorisiga nisbatan qo‘llovini kutgan, deb hisoblashini aytdi:

- Bu bilan Almazbek Atambaev “men olg‘a surayotgan nomzodni Moskva qo‘rqmasdan qo‘llab-quvvatlasa bo‘laveradi”, degan ishoratni berdi. Ya’ni, bu keyingi prezident Rossiyaga maqbul bo‘lgan siyosatni olib boradi, Atambaev prezidentlikdan ketsa ham siyosatda qolib, hokimiyatni nazorat qiladi, degan ma’noni anglatadi, -dedi Arkadiy Dubnov.

Bunga qadar Atambaev o‘z chiqishlarida prezidentlikdan ketganidan so‘ng siyosatda qolmasligini, ijod va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini bildirib kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG