Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:04

O‘zbekiston bo‘ylab “Ko‘k kit” ovi" boshlandi


Toshkent militsiyasiga ko‘ra, poytaxtda besh o‘smir “Ko‘k kit” o‘yini natijasida "o‘z joniga qasd qilishdan saqlab qolingan". Hozirda mamlakat bo‘ylab huquq-tartibot xodimlari, pedagoglar va ruhshunoslardan iborat maxsus guruh yoshlarni ushbu o‘yin xavfidan ogohlantirish ishlarini olib borayapti.

Toshkent militsiyasi "besh o‘smirni o‘limdan saqlab qoldi"

Toshkent shahar Ichki ishlar bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida “Ko‘k kit” o‘yinini o‘ynayotgan 5 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishdan saqlab qolingan:

“Qirg‘iziston va Qozog‘istonda shu “Ko‘k kit” o‘yini bilan bog‘liq fojialardan xabar topgach, biz maxsus tadbirlar o‘tkazdik. Internet foydalanuvchilari tekshirilganida ular orasida shu o‘yinni o‘ynayotgan toshkentlik bolalar ham borligi aniqlandi. Bolalarning ota-onalari bilan bog‘lanib, o‘yinni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldik”, deydi Toshkent IIBda ishlovchi militsiya xodimi ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Militsiya xodimiga ko‘ra, besh o‘smir vaqtincha Internetdan uzib qo‘yilgan:

“Hozirda besh bolada ham Internet bilan aloqa yo‘q. Ota-onalari uyda ham, ko‘chada ham bolalari Internetga kirmasligini nazoratga olishgan”, dedi IIB xodimi.

“Ko‘k kit”ga qarshi targ‘ibot

Toshkent huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, besh bola bilan bog‘liq voqeadan so‘ng “Ko‘k kit” o‘yiniga qarshi maxsus tadbirlar boshlangan.

Mazkur tadbirlar doirasida prokuratura, militsiya xodimlari, o‘qituvchilar va ruhshunoslardan tarkib topgan maxsus guruh tuzilgan.

Poytaxt mahallalaridan birining raisi Ozodlik bilan suhbatda mazkur guruh nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ham tushuntirish ishlari olib borayotganini aytdi:

“Mahallamizda ushbu guruh a’zolari kelib yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalla faollari maxsus seminardan o‘tishdi. Ota-onalar bilan davra suhbatlari o‘tkazildi. Maktablarda o‘quvchilar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu profilaktika tadbirlari. Bolalarni shu “Ko‘k kit” o‘yinini o‘ynashdan asrash tushuntirildi”, dedi mahalla raisi.

Uning aytishicha, ota-onalar bolalarini Internetdan cheklashga chaqirilgan:

“Bo‘sh vaqtlarida Internetda behuda o‘tirmasdan to‘garaklarga qatnashsin, kitob o‘qisin. Shunda Internet orqali turli xil o‘yinlarga aralashishmaydi. Ota-onalar bolalari ruxsatsiz Internetga kirishini nazoratga olishlari lozim”, deydi mahalla raisi Ozodlik bilan suhbatda.

Ozodlikning joylardagi manbalaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, “Ko‘k kit” o‘yiniga qarshi tadbirlar butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

"Ko‘k kit" bilan bog‘liq vahimalar qanchalik acosli?

Virtual olamda 2015 yilda paydo bo‘lgan “Ko‘k kit” o‘yini hozirda ommalashib borayotgani aytilmoqda.

“Ko‘k kit” onlayn o‘yin bo‘lib, o‘yin guruhi qoidalariga ko‘ra, ongi manipulyatsiya qilingan ishtirokchi 50 ta shartni bajaradi va pirovardida o‘z joniga qasd qilishi lozim.

O‘yinda ishtirok etuvchilar rus tilidagi bir necha heshtegdan foydalanishadi.

“Novaya gazeta” tayyorlagan hisobotga ko‘ra, Rossiya ommaviy Internet-texnologiyalari markazi 20 yanvar kuni o‘yin bilan bog‘liq heshteg 4000 marta ishlatilganini aniqlagan.

14 fevral kuni Rossiyaning Kirishi shahrida 10 yashar qizaloq oynadan qulab tushganidan keyin shifoxonaga yotqizildi. Rus matbuoti mazkur hodisa “Ko‘k kit” nomi bilan ma’lum bo‘lgan onlayn “o‘yin”ga aloqador ekanligi haqida yozdi. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘k kit” o‘yinidan xavotirlar bildirilayotgan bo‘lsa-da, Rossiya yoki Markaziy Osiyoda rasman birorta ham o‘lim “Ko‘k kit” o‘yiniga bog‘langani yo‘q.

Ayni paytda ushbu o‘yin bilan bog‘liq xavotirlar sabab Rossiya deputatlari o‘zgalarni o‘z joniga qasd qilishga undash uchun beriladigan jazoni kuchaytirishga chaqirmoqda. Qozog‘iston ichki ishlar vaziri ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining milliy ma’lumot bazasini tuzishga chaqirdi. Qirg‘izstonda esa politsiya maktab va Internet kafelarni tekshirdi.

Ozodlik muxbirlari soxta hisob ochib, o‘yin uyushtiruvchilari va ishtirokchilari bilan aloqaga chiqishga harakat qildi. Aksar hollarda o‘yin bilan bog‘liq heshteglarni ishlatgan hisoblarning tezda bloklangani kuzatildi.

XS
SM
MD
LG