Линклар

Шошилинч хабар
28 январ 2021, Тошкент вақти: 03:36

Shuhrat Abbosov: Ayollarni yana paranjiga tiqib qo‘ymaylik!


Rejissyor Shuhrat Abbosov.

SSSR Xalq artisti¸ taniqli kinochi 87 yashar Shuhrat Abbosov 8 mart arafasida efirga uzatiladigan "Chodirxayol" dasturida o‘z filmlarida suratga tushgan ayol ijodkorlarni bir-bir esladi.

Шуҳрат Аббосов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:47 0:00
Бевосита линк


- Lutfixonim Sarimsoqova¸ Maryam Yoqubova¸ Aida Yunusova¸ Lola Badalova¸ Tamara Shokirova¸ Ikroma Boltaeva¸ Dilorom Qambarova¸ Natalьya Varley kabi yorqin ijodkorlar bilan ishladim. Ularni ba’zilari olamdan o‘tdi¸ ba’zilari chet ellarda. Men bu ayollarni tabriklayman. Ular mening filmlarimning doimiy bosh qahramonlaridir. Erkinlikka¸ ilmga taraqqiyotga intilgan ayollar obrazlarini 17 seriyalik “Olovli yo‘llar” filmida aks ettirdim. Bu filmi bugun ham dolzarb. Bugun ham ayollarni paranjiga tiqish niyatida bo‘lgan xurofotchilar¸ diniy fanatiklar mrakobeslar faol. Shu ma’noda inqilob davom etmoqda. Ayollarni yana paranjiga tiqib qo‘ymaylik.Mana bu yerda qizlarni¸ aktrisalarni yana paranjiga tiqish kerak degan gaplar yangramoqda. Qaysi kallavaramning miyasiga keladi bunaqa fikr? Men hozir kasalxonada yotibman. Doktor ayolar¸ hamshiralar yuribdi meni davolayman deb. Doktorlarni ham paranjiga solib qo‘yaymi?

Abbosov filьmidan kadr
Abbosov filьmidan kadr

Emansipatsiya uchun¸ ayollarning teng huquqli bo‘lishi uchun Hamza kabi insonlar halok bo‘lgan. Bu machitdagilar machitida faoliyat qilsin¸ namozini qilsin¸ lekin dunyoviy ishlarga aralashmasin. Cheklov qo‘ymasin. Biz dunyoviy davlatda yashayapmiz. Ularga qo‘yib qo‘ysangiz yana xotin-qizlarni paranjiga tiqmoqchi. Yana taraqqiëtni yo‘q qilish kerak. Teatrni yo‘q qilish kerak¸ kinoni yo‘q qilish kerak. Unda men qanday yashayman? Meni gapim shu¸ ular san’atga aralashmasin¸ bizga cheklov o‘rnatmasin chunki dunëviy davlat konstitutsiya asosida yashaydi. Demokratik tuzum taqozosi bu¸ deydi ayollar erkinligi haqidagi talay filьmlarni olgan taniqli kinochi Ozodlik bilan suhbatda.​

XS
SM
MD
LG