Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2021, Тошкент вақти: 05:59

Advokatlar guruhi Akbarali himoyasini O‘zbekistonni tanqid qilishdan boshladi


Akbar Abdullaev

O‘zbekiston sobiq prezidentining qayinjiyani Akbarali Abdullaevning shaxsiy advokatlari uni O‘zbekistonga ekstraditsiya etishlariga qarshi kurash olib borishadi. Bu haqda Akbarali Abdullaevning 4 advokati 7 mart kuni Kievda o‘tkazgan matbuot matbuot yig‘inida e’lon qildi.

23 fevralda Kiev sudi 33 yashar Akbarali Abdullaevni bir yilgacha hibsda saqlash haqida hukm chiqargandi.

Hozirda u Ukraina Xavfsizlik xizmatining maxsus izolyatorida saqlanmoqda.

Akbarali Abdullaev 14 yanvarda Kiev xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi talabi asosida ukrain chegarachilari tomonidan hibsga olingan edi.

Akbarali Abdullaev O‘zbekistonda yuzlab million dollar mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

Abdullaev ayni ayblovlar bilan 2013-2016 yillar davomida qamoq jazosini o‘tab chiqqani, unga qo‘yilayotgan ayblovlar siyosiy ekanini da’vo qiladi.

Абдуллаевнинг шахсий адвокати: Ўзбекистон ишончга лойиқ мамлакат эмас
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:56 0:00

Siyosiy vaj

Abdullaev advokatlaridan biri Oliver Uolleshning ishonishicha, uni O‘zbekistonga ekstraditsiya etish urinishi ortida siyosiy vajlar yotibdi.

- Sud tomonidan hukm etilgan, jazo muddatini o‘tagan shaxsni ekstraditsiya etish, qaytadan sudlash uchun qanday vaj bo‘lishi mumkin? Hukumat yoki davlat sud hukmni bekor qilsa, bu faqat va faqat siyosiy vaj bo‘ladi, - dedi matbuot yig‘inida gapirgan Oliver Uollesh.

Abdullaevning germaniyalik advokati Oliver Uollesh so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainaga qonunan kelgan, O‘zbekistonda pasportni va chetga chiqish stikerlarni qonunan olgan.

U Strasburg mahkamasidan iqtibos keltirib, O‘zbekistonni "ishonchga loyiq mamlakat emas", deb baholadi.

- Strasburg mahkamasining aytishicha, agar hatto O‘zbekiston uni adolatli sud qilishga, uni qiynamaslikka, unga huquqiy yordam berishga va’da qilsa ham, bu kafolatlar etarli emas. Mahkama hukmiga ko‘ra, mamlakat (O‘zbekiston) ishonchga loyiq emas, - dedit Oliver Uollesh.

"... borsam, o‘ldirishadi"

Abdullaev Kiev sudining so‘nggi kunida agar O‘zbekistonga ekstraditsiya qilsalar, uni o‘ldirishlari mumkinligidan ogohlantirgan edi.

- gar men O‘zbekistonga borsam, meni o‘ldirishadi. Bu 100 foiz, - deb aytgandi Akbarali Abdullaev.

U shuningdek O‘zbekistonda o‘z qilmishiga yarasha jazo olganini ilova qilgandi.

-Men qilmishim uchun javob berdim va zararni qopladim. Men aybdor emasdim demoqchi emasman. Men aybdor edim. Men buning bariga javob berdim, - deya e’tirof etgandi Akbarali Abdullaev.

Hibsxonami yoki uy qamog‘i

Kiev sudi prokuraturaga ekstraditsion tekshiruvni o‘tkazish uchun 60 kun muhlat bergan.

Kiev shahar prokurori Marina Kimning Ozodlik ukrain xizmatiga bildirishicha, prokuratura tekshiruvlarni cho‘zdirishi mumkin, biroq buning uchun sudning yangi ajrimi kerak bo‘ladi.

Marina Kimga ko‘ra, u rasman Abdullaevga nisbatan O‘zbekistonda ochilgan jinoiy ish bilan 26 yanvardan shug‘ullana boshlagan va tekshiruv muddati 27 martda tugaydi.

Ammo advokatlar Abdullaevni hibsxonadan uy qamog‘iga o‘tkazishlarini istaydi.

Ular unga deb allaqachon alohida uyni kiraga olib qo‘yganliklarini bildirdilar.

Abdullaevning germaniyalik advokati Oliver Uollesh so‘zlariga ko‘ra, u Ukrainaga qonunan kelgan, O‘zbekistonda pasportni va chetga chiqish stikerlarni qonunan olgan.

Biroq, Kiev prokuraturasi uning tergov izolyatoridan ozod etilishini istamaydi.

Zero Abdullaevda o‘zbek pasportidan tashqari, Dominikan Respublikasi pasporti ham bor va uning Ukrainadan chiqib ketish ehtimoli yo‘q emas, deb hisoblaydi Kiev prokuraturasi.

Akbarali Abdullaevning advokati Oliver Uollesh uni himoyasi ostidagi shaxsga eski ayblovlar ilgari surilayotganini aytdi.

- Biz oldin matbuotda chiqmagan edik, sababi ekstraditsion hujjatlarni endi oldik, uni o‘rganib chiqdik va ularning siyosiy vajlarga asoslanganiga ishonch hosil qildik.Uni jazosini olgan eski ayblovlar bilan jazolamoqchi bo‘lganlariga ishonchimiz komil. Ukraina rasmiylari materiallarni o‘rganmoqda va ular bu materiallarning inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga qanchalar to‘g‘r kelishini qiyoslab ko‘rishlari kerak, – deya bayonot berdi Uollesh.

Matbuot yig‘inida advokatlar Uollesh va Emmerson Abdullaevni bepul himoya qilayotganliklarini ta’kidlashdi.

Akbar Abdullaev himoyasiga Ukrainaning o‘zida yana 2 advokat bel bog‘lagan.

Siyosiy qochqinlikka da’vogar

Kiev prokuraturasi matbuot xizmati boshlig‘i Nadejda Maksimets Ozodlik ukrain xizmati bilan suhbatda Akbar Abdullaevning ekstraditsion hujjatlari bilan tanishish jarayoni davom etayotganini aytdi.

Ekstraditsionn tekshiruv davom etmoqda. Akbarali Abdullaev qochqin maqomini olish uchun hujjatlarini topshirdi va bu holat nihoiy hukm chiqarilayotgan paytda inobatga olinadi.Ammo, O‘zbekistondan kelgan hujjatlardan chiqib gapiradigan bo‘lsam, unga yangi ayblovlar qo‘yilgan”, – dedi Nadejda Maksimets.

XS
SM
MD
LG