Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:01

Erdo‘g‘on Putin bilan Suriya mojarosini bartaraf qilishda hamkorlikka kelishib oldi


Putin Erdo‘g‘on bilan Kremlda uchrashdi. 2017 yil, 10 mart.
Putin Erdo‘g‘on bilan Kremlda uchrashdi. 2017 yil, 10 mart.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Moskva va Anaqara o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanganini aytib, Suriyadagi mojaroni tugatish uchun hamkorlik qilishga kelishib olishganini bildirishdi.

Ikki yetakchi 10 mart kuni Moskvada uchrashib, Suriya va Iroqdagi mojarolarni, iqtisod va energetika sohalarida hamkorlik hamda terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi.

“Biz dunyodagi eng dolzarb bo‘hronlarni, birinchi navbatda, Suriyadagi bo‘hronlarni hal qilish ustida faol ishlayapamiz, - dedi Putin, - Mamnuniyat bilan aytmoqchimanki, hech kim buni kutmagan edi, lekin harbiy mulozimlar, razvedka xizmatlari darajasida juda ishonchli, samarali muloqot olib boryapmiz”.

Erdo‘g‘onning Moskvaga tashrifi Anqara va Moskva o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga urinish o‘laroq baholanmoqda. Keyingi yillarda Turkiyaning G‘arb mamlakatlari bilan aloqasi taranglashgan. Bundan tashqari, Turkiyaning NATOdagi hamkorlari va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalari ham yomonlashgan.

Erdo‘g‘on Berlinni Turkiya vazirlarining bir necha olmon shahrida yig‘in o‘tkazish rejasini bekor qilgani uchun Germaniyani “fashistlarga” xos siyosat olib borishda ayblagani uchun olmon rasmiylari tomonidan keskin tanqid qilindi.

Yig‘inlardan maqsad Yevropadagi turk saylovchilarini Erdo‘g‘on vakolatlarini oshiruvchi referendumni qo‘llashga chorlash edi. G‘arb mamlakatlari mazkur referendum prezidentga haddan tashqari ko‘p vakolat berishini aytib, tanqid qilib keladilar.

Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar ham keyingi ikki yil ichida ko‘p o‘zgardi.

Turkiya va Rossiya Suriya urushida qarama-qarshi taraflarni qo‘llaydi. 2015 yilning noyabrida Turkiya harbiy uchoqlari Rossiya bombardimonchi uchog‘ini otib tushirganidan keyin, ikki davlat aloqalari keskin sovib ketdi.

Bu hodisadan bir necha hafta o‘tib, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning raqiblariga havodan hujum qila boshladi.

“Hududimizdagi xavfsizlik masalalariga keladigan bo‘lsak, Suriyada qon to‘kilishini to‘xtatish uchun hamkorlikda chora ko‘rish kerak, deb ishonaman”, dedi Erdo‘g‘on.

Rossiya va Turkiya Suriyadagi janglarni to‘xtatish uchun Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan muzokaralarga etakchilik qilmoqda.

9 mart kuni Rossiya Turkiyadan ayrim sabzavotlarni import qilishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

Uchrashuv davomida Erdo‘g‘on Turkiyada Oqquyi atom elektrostantsiyasini qurish hamda “Turk oqimi” gaz quvurini yotqizish bo‘yicha hamkorlik avvalga holatiga qaytayotganini bildirdi.

Rus va turk matbuoti uchrashuv Turkiyanning Rossiyadan “S-400” yerdan-havoga otish tizimlarini sotib olishi ham muhokama qilinishi mumkinligi haqida xabar berib keladi.

XS
SM
MD
LG