Buxoro shahridan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 56 yashar Hosiyat Jalolova bundan 7 yil avval "to‘qima ayblov bilan sudlangani" va amnistiya bo‘yicha jazodan ozod qilinganini aytar ekan, bugungi kunda uning tarjimai holida sudlanganlik tamg‘asi qolayotgani uchun farzandi ichki ishlar tizimiga ishga kirolmayotganidan shikoyat qildi.
Hosiyat Jalolovaning iddao qilishicha, bu haqda yuqori idoralarga, shu jumladan, Oliy Sudga ariza yozavergani uchun rasmiylar uning bog‘ini buzib, o‘rnini aholiga uy qurish uchun bo‘lib beryapti.
Hosiyat Jalolova o‘zi yaratgan bog‘ va uning buzib tashlanayotgani aks etgan suratlarni ham Ozodlikka taqdim qildi: