Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 14:29

Anqara Amsterdam bilan siyosiy muloqotni to‘xtatishini bildirdi


Niderlandiya rasmiylari 11 mart kuni mitingga kelayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘li samolyotining Rotterdam aeroportiga qo‘nishiga ruxsat bermagan.

Turkiya hukumati 13 mart kuni Niderlandiya bilan oliy darajadagi barcha siyosiy so‘zlashuvlarni to‘xtatadi va Yevropa Ittifoqi bilan tuzilgan suriyalik qochqinlarni Yevropaga o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi bitim shartlarini qayta ko‘rib chiqadi. Bu borada Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuretdin Qaniqli 13 mart kuni ma’lum qildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa dushanba kuni Germaniya kantsleri Angela Merkelni “terrorchilarni qo‘llab-quvvatlayotganlik”da, Germaniyani “natsizm”da, Niderlandiyani esa “natsistlar siyosatini davom ettirayotganlik"da ayblashda davom etdi.

- G‘arb shu o‘tgan bir necha kun ichida o‘zining asl basharasini juda ochiq ko‘rsatdi. Aziz qardoshlarim, men bu voqealar boshlanganida buni fashistona bosim, deb aytgandim. Natsizm yangidan avj oldi, dedim. Ortidan shu so‘zlarni ilova qildim: “Men natsizm bitdi deb o‘ylagandim, ammo aldanibman”, - degan edi Erdo‘g‘on bir necha kun oldin qilgan chiqishlaridan birida.

Bunga javoban Yevropa Komissiyasi prezidenti Jan Klod Yunkerning matbuot kotibi Margaritis Sxinas dushanba kuni Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida:

- Yevropa Ittifoqi Turkiyani vaziyatni yanada keskinlashtiruvchi ortiqcha bayonotlar va harakatlardan tiyilishga chaqiradi. Muammolarni faqat diplomatik muloqot yo‘li bilangina hal qilish lozim. Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi va Turkiya manfaatlarini hisobga olgan holda ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi, - deb bildirdi.

Germaniya va Niderlandiya bilan Turkiya o‘rtasidagi kelishmovchilik bu ikki davlat Anqaradan kelgan vazirlarga mitinglarda ishtirok etishga ruxsat bermagani hamda Niderlandiya Rotterdam shahrida 11 mart kuni etnik turklar o‘tkazgan mitingni kuch bilan bostirgani ortidan yomonlashdi.

Niderlandiya rasmiylari bu mitingga kelayotgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lining samolyotini Rotterdam aeroportiga qo‘nishiga ruxsat bermagan.

Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte Rotterdamda 13 mart kuni o‘tgan matbuot anjumanida bu voqeaga izoh berar ekan, mana bularni aytdi:

- Turk vazirlari referendum bo‘yicha bu yerda targ‘ibot ishlarini olib borayotgani, jumladan, Niderlandiyada kelib chiqishi turk bo‘lgan 400 ming odam yashayotganini va ular Turkiya vatandoshi, deb hisoblanishini aytayotgani bizni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda. Turkiyada o‘tayotgan referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan odamlar eng avvalo Niderlandiya vatandoshlaridir. Bu biz uchun prinsipial ahamiyatga, juda katta prinsipial ahamiyatga ega, - dedi Mark Rutte.

Mitinglar 16 aprel kuni Turkiyada konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish yuzasidan o‘tkaziladigan referendumga bag‘ishlangan edi.

Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlarda prezident vakolatlarini kengaytirish masalasi ham bor. Referendum natijalari Erdo‘g‘on kutganday chiqsa, Turkiya parlament respublikasidan prezident respublikasiga aylanadi.

XS
SM
MD
LG