Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:12

O‘zbek muhojiri 7 yashar qizaloqqa jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda


Sankt-Peterburgda o‘zbek vatandoshi 7 yashar qizaloqqa jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda. 31 yashar o‘zbek muhojiri bolalar bog‘chasi hududida bolaga tashlanib, unga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.

Peterburgda 1986 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston vatandoshiga nisbatan tergov ishlari o‘z yakuniga etdi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbek muhojiri (Tahr: Ozodlik muhojir ismini tergov siri vajidan ochiqlamaydi) bolalar bog‘chasi hududida uynab yurgan 7 yashar qizchaga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblandi.

"Tergov taxminlariga ko‘ra, 2016 yilning 3 noyabrida ayblanuvchi Ochakovskiy ko‘chasida joylashgan bolalar bog‘chasi hududida 7 yashar qizchaga nisbatan jinsiy tajovuz harakatlarini amalga oshirdi. Tergov tomonidan bu hodisa yuzasidan yetarli isbot-dalillar yig‘ildi, jinoiy ish sud mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi", deyiladi xabarda.

Ozodlik politsiyadagi manbalaridan aniqlashicha, shaharning Markaziy tumanida kechki payt sodir bo‘lgan bu hodisada jabrlangan 7 yashar qizaloq aqlan zaif bo‘lgan: bu bolalar bog‘chasi aynan rivojlanishi sustlashgan bolalarga mo‘ljallangan maxsus muassasa ekani ma’lum bo‘ldi.

Tergovchilar o‘zbekistonlik bog‘chada o‘ynab yurgan bolalardan birini butazorda tutib olgan va "shimini yechib, kizchaga nisbatan jinsiy xarakterga ega zo‘rlash harakatlari”ni amalga oshirganini tergov xulosasida qayd etdi.

Bu qizaloqning ko‘rsatmalari asosida biroz vaqtdan keyin pedifillikda ayblanayotgan migrant politsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi.

Sankt-Peterburg bo‘yicha Tergov qo‘mitasi xodimlari 31 yashar O‘zbekiston vatandoshini Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 132 moddasi, 4 qismi, “b” bandi (“jinsiy xarakterga ega zo‘ravon amallar”) asosida javobgarlikka tortdi.

Bu modda asosida sud ismi tergov tomonidan oshkor qilinmayotgan shaxsga nisbatan 12 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlashi mumkin.

XS
SM
MD
LG