Линклар

Шошилинч хабар
24 январ 2021, Тошкент вақти: 02:44

O‘zbekistonda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi


O‘zbekistonda 17 martdan boshlab “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Bu haqda yakshanba kuni O‘zbekiston mahalliy nashrlari ma’lum qildi.O‘zbek militsiyasi O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yildan beri maxsus qonunsiz, faqat jamoatchilikka e’lon qilinmaydigan ichki yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ўзбекистонда “Ички ишлар органлари тўғрисида”ги қонун кучга кирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustida qabul qilinib, 24 avgustda Senat tasdig‘idan o‘tgan.

16 sentabrda o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan qonun 17 sentabr kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slovo” gazetalarida e’lon qilingan. Qonun e’lon qilingan kunidan boshlab olti oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan edi.

Bunga qadar o‘tgan 26 yil davomida Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikka oshkor qilinmaydigan ichki yo‘riqnomalar, normativ hujjatlar va 1991 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi Nizom asosida faoliyat yuritib kelgan.

Qonunda, jumladan, ichki ishlar xodimlariga qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lish man etiladi.

Qonunda Ichki ishlar organi xodimi vatandoshga qasddan og‘riq, jismoniy yoki ma’naviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qo‘yishi shart ekani belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonun prezident Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan edi. Konstitutsiyaning 23 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Islom Karimov mamlakatda ichki ishlar organlari xodimlari ishini tartibga soluvchi qonun yo‘qligi va 2015 yilning 9 oyida aholidan tushgan shikoyatning asosiy qismi huquq-tartibot idoralari ustidan ekanini qayd etgan edi.

Amaldagi prezident Shavkat Mirziyoev ham 9 fevral kuni o‘tgan selektor yig‘ilishida ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilgan edi.

-O‘tgan yili 4518 nafar xodim, shundan 966 nafar xodim salbiy holatlarga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilgan. Ulardan aksariyati poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolatlari doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etgan. Bunday holatda aholi orasida ichki ishlar xodimi obro‘sini qanday qilib oshirish mumkin? Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak? –dedi Mirziyoev.

Mirziyoev selektor yig‘inida ichki ishlar xodimlari jinoyat ishlarini ob’ektiv va sifatli tarzda tergov qilishi, jinoyat harakatlariga adolatli huquqiy baho berishi shartligini aytgan edi.

Biroq o‘zbekistonlik qator huquq faollari mazkur qonun kuchga kiritilgani ortidan militsiya faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga ishonmasliklarini aytmoqdalar. Jumladan, huquq faoli Shuhrat Rustamov mana bularni aytdi:

-Mana shu yangi qonunga asoslangan shikoyatingizni ham ko‘rib chiqishmaydi. Konstitutsiyaga asoslanib yozilgan shikoyatni ko‘rmagan amaldor, qandaydir kecha qabul qilingan bir qonunga amal qiladi deb o‘ylaysizmi? Qiynoqqa solinish bo‘yicha faktlar qiynoqqa solingan odam favqulodda o‘lib qolsagina yuzaga chiqmoqda. Qolgan faktlarni esa isbotlab bo‘lmaydi, buni hech kim tan olmaydi. Yangi qonun asosida qiynoq faktlari mavjudligi tan olish holatlari bo‘ladi, deyishlik noto‘g‘ri bo‘lar edi. Konstitutsiyaga tufurgan bu organ yangi qonunga ham allaqachon tufirib qo‘ygan, -dedi Shuhrat Rustamov.

XS
SM
MD
LG