Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:30

Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari vatanga pul yuborish bo‘yicha MDHda yana birinchi


O‘zbekistonliklar Rossiyadan pul jo‘natish bo‘yicha MDH vatandoshlari orasida yana birinchi o‘rinni egalladi. Markaziy bank hisobotiga ko‘ra¸ 2016 yil davomida o‘zbekistonliklarning vataniga yuborgan jami mablag‘i 2 milliard 741 million dollarni tashkil etgan. O‘rtacha hisobda¸ Rossiyada mehnat qilayotgan har bir o‘zbekistonlik oyiga vatanifa 279 dollar pul yuborgan.

Bankning bildirishicha, 2015 yil davomida Rossiyadan O‘zbekistonga muhojirlar tomonidan 3 milliard 59 million dollar yuborilgan va 2016 yili pul jo‘natmalari miqdorining 11 foizga kamaygani kuzatilgan.

Ayni paytda¸ hisobotda Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonining 2014 yilga nisbatan 30 foizga ozaygani ham aytiladi.

Rossiya migratsiya xizmati keltirgan rasmiy raqamlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda salkam 2 million o‘zbekistonlik muhojir legal maqomda mehnat qilmoqda.

Tyumenь viloyatida mehnat qilayotgan surxondaryolik Sobirjon oxirgi yil davomida Rossiyadagi mehnat muhojirlari daromadi pasayib borayotganiga oid bank xulosasini o‘z misolida tasdiqlaydi:

- Endi, o‘tgan yili yaxshiroq edi – bu yil pul juda kam. Bugun dollarni 57,36 ko‘rsatayapti. Pul berilayapti – rublning qadri yo‘q-da...Odamlar dollarni iloji boricha ishlatmayapti, narx ko‘tarilib ketayapti, deydi Sobirjon.

10 yildan buyon Rossiyada qurilishlarida mehnat qilayotgan Sobirjon mavsumiga qarab O‘zbekistonga oyiga 200dan 500 dollargacha pul jo‘natib turishini aytadi.

Собиржон билан тўлиқ суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:33 0:00
Бевосита линк

Ayni paytda bu muhojir¸ Rossiyada qiynalib topib¸ vatanga yuborayotgan pullarini O‘zbekistonda olish muammosi ham kuchayib boraëtganidan shikoyat qiladi:

- Xullas, oxirgi bir yilda shunday bo‘lib qoldi. Bu yerdan pul jo‘natamiz 5-6 kun, Agrobank, Paxtabank... Oltinsoydanman – u yerda umuman pul bermaydi. “Valyuta yo‘q!”, deydi. Men 10 mart kuni yuborgan edim – mana 11 kun bo‘ldi ololmayapti. 14-15 kunda olishayapti, odatda. Dollar yo‘q bo‘lib qolganigami, bilmadim. Bir oyda 500 dollar, ba’zilari – 200 dollar jo‘nataman. Yoz paytida ammo daromadimiz biroz ko‘payadi. Bu yerdagi pul jo‘natadigan firmalar ishonchli bo‘ladi – o‘sha yerdagi banklar o‘yin qilayapti-da! deydi Sobirjon.

Rossiya Markaziy banki o‘tgan yilda jismoniy shaxslar tomonidan uzoq xorij mamlakatlariga 25,799 milliard dollar jo‘natilganini qaydga olgan bo‘lsa¸ MDH davlatlariga jami 10,129 mlrd yuborilgani kuzatilgan.

Bankning bildirishicha, 2016 yili Rossiyadan boshqa davlatlarga pul jo‘natish bo‘yicha O‘zbekiston umumiy ro‘yxatda Shveytsariyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan. O‘tgan yili Rossiyadan Shveysariyaga 5 milliard 100 million dollar o‘tkazilgan.

Pul jo‘natmalari bo‘yicha uchinchi o‘rinni Tojikiston ($1,9 mlrd), to‘rtinchi o‘rinni Qirg‘iziston ($1,7 mlrd) va beshinchi o‘rinni Ukraina ($1 mlrd) egallagan.

XS
SM
MD
LG