Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2019, Тошкент вақти: 00:00

O‘shda "Benom" guruhi konserti bekor qilindi


"Benom" guruhi xonandalari Sarvar va Komil. Mazkur surat guruh prodyuseri ruxsati bilan "Benom" rasmiy saytidan olindi.

O‘zbek yoshlari orasida tanilgan "Benom" guruhining O‘shda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki kunlik konserti bo‘lmay qoldi.

“Benom” guruhining kontserti O‘shdagi Bobur nomidagi o‘zbek akademik teatri hamda “Azizim” nomli restoranda 19-20-mart kunlari bo‘lishi kerak edi. Guruh solistlari Sarvar va Komil qirg‘izistonliklarga “issiq salom”larini yo‘llab, “konsertga kelinglar” deb videomurojaat ham yuborgan. Biroq tadbir kutilmaganda to‘xtatilgan.

Konsert tashkilotchisi bo‘lgan o‘shlik tadbirkor Avazbek Xabibullaev gruhga oldindan konsert haqini to‘lab qo‘yganlarini bildirdi.

“O‘shda xalqimiz konsertlarni sog‘inishgan. Bundan tashqari O‘zbekiston-Qirg‘iziston aloqalarini yaxshilash, mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan edi bu konsert. Ozgina tushunmovchilik bo‘ldi. Biz hamma hujjatlarni yuborganmiz. Bizga aytilgan kerakli hujjatlarni yuborganmiz. Biz aytgan yerlariga kirib, meriyadan ruxsat olganmiz. Konsertga uch kun qolganida “madaniyat vazirligidan rozilik kerak”, deyishgandi. Navro‘r arafasi bo‘lib, bunga ulgurmay qoldik. Shu sababli kontsert qoldirildi”, - dedi Avazbek.

"Benom" guruhi konserti uchun 400dan ortiq chipta tayyorlanib, sotilgan. Hozir pullar egalariga qaytarilayapti. Zal ijarasi va reklama uchun 1000 dollarga yaqin pul sarflangan.Avazbek Xabibullaevga ko‘ra, hozir “Benom” guruhiga berilgan avans pullari ham qaytarilayapti.

“benom” guruhi konsertini O‘shda reklama qilish bilan shug‘ullangan jurnalist Farhod Matqosimov konsert bo‘lmay qolganini “Benom” guruhi va prodyuserining muhlislarga hurmatsizligi sifatida baholaydi.

-“Vodiy sadosi” radiosi direktori Oybek aka, guruh prodyuseri “Kelyapmiz”, deyishdi. “Hujjatlarga imzo qo‘yganmisizlar”, desam “ Ha” deyishdi. Keyin “Baribir ishonish qiyin, videomurojaat yuborib qo‘yinglar”, desam videomurojaat ham yuborishdi. Keyin men ishonch hosil qilgan holda radiodan reklama berishni boshladim. Kontsertning qoldirilganini, menimcha, o‘shlik muhlislarga hurmatsizlik deb hisoblayman, -deydi Farxod.

"Benom" guruhi prodyuseri Jamshid Xojiniyozov kontsert o‘tmay qolishida qirg‘izistonlik tashkilotchilarni aybladi. Unga ko‘ra, tashkilotchilar konsertga ruxsat beruvchi hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim qilolmagan.

-Nafaqt O‘sh yoki Bishkek, boshqa chet davlatlardagi tashkilotchilar ham negadir tanish qidirishni boshlashadi. O‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, gaplashsa ham bo‘ladi, lekin negadir tanish qidirishadi. Bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqilmadi. Toshkentdagi tanish orqali chiqildi. Biz unga aytdik: “Boshqa davlatga gastrolga chiqish uchun qonun talab qilgan hujjatlar bor. Shu hujjatlarni rasmiylashtirsak, bemalol chiqib kelamiz”, dedik. “Xo‘p” deyishdi. Biroq bunday bo‘lmadi, - deydi Jamshid Xojiniyozov.

Prodyuserning aytishicha, horijda kontsert qo‘yish uchun hujjatlar O‘zbekiston Madaniyat vazirligiga yuborilishi zarur. Keyin bu hujjatlar vazirlik mutaxassislari tomonidan 14 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng kontsertga ruxsat beriladi yoki berilmaydi.

Avvallari O‘sh va Jalolobod shaharlarida o‘zbekistonlik san’atkorlarning konsertlari tez-tez uyushtirilar edi. 2010-yilgi qonli voqealardan so‘ng bu ishlar to‘xtab qolgan. So‘nggi yillarda bu uzilish qayta tiklanganday seziladi. Fevral oyi o‘rtalarida O‘shdagi Bobur teatrining 70 kishilik jamosi uzoq yillardan keyin O‘zbekistonga ilk ijodiy safari bilan borib kelgan.

XS
SM
MD
LG