Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:04

O‘zbekistonda bodringfurushlardan ham terminal o‘rnatish talab etilyapti


Shu kunlarda O‘zbekiston bozorlarida mahalliy hokimlik va soliq idorasi inspektorlari reydlar o‘tkazib, bozorda meva-sabzavot sotadigan savdogarlardan ham kassa terminali o‘rnatishni talab etmoqda. Savdo terminali bo‘lmagan sotuvchilarning moli musodara etilishi haqida ogohlantirgan, ayrim bozorlarda esa savdogarlar jarimaga tortilgan. Ayrim savdogarlar esa savdoni to‘xtatishga majbur qolgan.​

Andijonning “Eski shahar” bozorida meva va sabzavot sotadigan Bunyodbekning Ozodlikka aytishicha, shu hafta boshida shahar hokimiyati va soliq idorasi xodimlari bozorda reyd o‘tkazgan.

Reyd davomida terminali yo‘q savdogarlardan bir haftani ichida terminal o‘rnatishni talab etgan.

- Har bir sotuvchi savdo terminali o‘rnatishi kerak ekan. Ko‘kat sotadimi, pomidor-bodring sotadimi, kartoshka sotadimi terminali bo‘lishi kerak ekan. Hafta boshida shahar hokimini muovini, shahar soliq idorasini boshlig‘i bozorda rastama-rasta yurib reyd o‘tkazdi, termiali yo‘qlarni ro‘yxatini tuzdi. “Bo‘lmasa molingni musodara qilamiz”, deb ko‘rqityapti. Hozir ko‘pchilik savdogarlar shuning uchun savdoni to‘xtatdi, rastalar bo‘shab qolgan, - deydi Bunyodbek.

Андижонлик савдогар Бунёдбек
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:18 0:00
Бевосита линк

Shu yilning 1 martidan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub’ektlarida terminallar bo‘lishi majburiy hisoblanadi.

O‘zbekiston prezidentining mazsus qarorida Davlat soliq qo‘mitasi va hokimliklarga chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida terminallar mavjudligi, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, talon va cheklarning berilishi, naqd pul tushumini to‘liq hajmda topshirish masalalari, narxlar sun’iy oshirilmayotgani yoki tushirilmayotgani bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish vazifasi yuklangan edi.

Qonunbuzarlarga eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima qo‘llanishi aytilgan.

Mazkur qonun dehqon bozorlarida savdo qiluvchilarga taaluqli emasligi aytilgan esa-da reyd o‘tkazuvchilar bozor rastalarida turib meva-sabzavot sotuvchilardan ham terminal o‘rnatishni talab etgan.

Meva-sabzavot sotuvchilar ham terminal o‘rnatishi kerak.
Meva-sabzavot sotuvchilar ham terminal o‘rnatishi kerak.

- Hatto ko‘kat sotsang ham terminal bo‘lishi kerak deyapti, - deydi andijonlik savdogar.

O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasining axborot maslahat markazi mulozimi Ozodlik bilan suhbatda bozor rastalarida turib meva-sabzavot sotuvchilardan ham terminallar o‘rnatish talab etilishi mumkinligini aytdi.

- Agar savdogar o‘zini tomorqasida yetishtirgan pomidor-bodringni yoki boshqa maxsulotni sotayotgan bo‘lsa terminal talab etilmaydi. Buning uchun undan shuni o‘zi yetishtirgani haqida hujjat kifoya. Biroq olib-sotar savdogarlardan terminal o‘rnatish talab etiladi, ko‘kat sotsa ham, pomidor sotsa ham, agar uni o‘zi yetishtirmagan bo‘lsa terminal o‘rnatishi shart, - dedi O‘zbekiston Davlat Soliq qo‘mitasining axborot maslahat markazi mulozimi.

Ayni paytda O‘zbekistondagi aksar savdogarlar terminal orqali to‘langan pulni bankda naqdlashtirib bo‘lmasligi bois, ular molini plastik kartochka orqali sotishdan ko‘ra naqd pulga sotishni afzal ko‘rmoqda.

Namangan shahri dehqon bozorida go‘sht sotadigan Muhiddin gapiradi:

- Terminalda sotish 15 foiz zarariga bo‘lyapti bizga. Chunki biz qo‘y-molni naqd pulda olamiz, Toshkentdan go‘sht maxsulotlarini naqdga olamiz, ustiga ko‘p qo‘ymaymiz. Uni terminalda sotadigan bo‘lsak zarar ko‘ryapmiz. Soliqqa ushlab qoladi, terminalni foizi bo‘ladi, zarariga bo‘lyapti, - deydi Muhiddin.

Ayrim viloyatlarda esa reydlar sabab savdogarlar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Oqdaryo tumanidagi bozorda qurilgan do‘konlar kadastrdan o‘tmagani sabab sotuvchilar terminal o‘rnatolmayapti.
Oqdaryo tumanidagi bozorda qurilgan do‘konlar kadastrdan o‘tmagani sabab sotuvchilar terminal o‘rnatolmayapti.

Samarqandning Oqdaryo tumani dehqon bozorida do‘konda kiyim-kechak bilan savdo qiluvchi tadbirkor Anvar aka esa terminal o‘rnatishni istayotgani, lekin do‘koni kadastrdan o‘tmagani uchun uni o‘rnatish muammo bo‘layotganini aytadi.

- Hokimiyat bizdan terminalni talab qilyapti. Lekin, bozorda qurilgan do‘konlar kadastrdan o‘tmagan. Terminal o‘rnatish uchun manzil aniq bo‘lishi kerak, manzil bo‘lishi uchun kadastr kerak. Bu muammoni hokimiyat hal etib berolmayapti. Shuning uchun hozir savdoni to‘xtatganmiz. Bu yerda terminaling yo‘q, deb jarimaga tortishlar bo‘lyapti-da, - deydi Anvar aka.

Самарқандлик савдогар Анвар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00
Бевосита линк

Kartochka bilan to‘lash oldi-berdini ancha osonlashtiradi va naqd pul olib yurishga hojat yo‘q. Bundan tashqari O‘zbekistonda oyliklar va nafaqalar plastik kartochkalarga tushirib beriladi.

Samarqandlik Anvar akaning aytishicha, aynan shuning uchun ko‘pchilik haridorlar plastikda to‘lashni xohlaydi, shuning uchun terminalda savdo ko‘p bo‘lmoqda.

- Chunki o‘qituvchilarni oyliklari plastikda. Naqd pul kam. Pesionerlarniki ham plastikda. Naqd pul yo‘qligi uchun narsa-parsa olishyapti-da ular. Biz plastik kartochkalarga yoki terminallar o‘rnatilishiga qarshi emasmiz. Lekin banklar bizga terminal orqali sotgan pulimizni naqdlashtirib bermayapti-da. Naqdlashtirish 20-30 foizga qimmatga tushyapti. Shuning uchun terminalda savdo bizga ma’qul bo‘lmayapti, - deydi Anvar aka.

Oqdaryo tumani bozorida terminal o‘rnatlmagan tadbirkorlar savdoni to‘xtatgan.
Oqdaryo tumani bozorida terminal o‘rnatlmagan tadbirkorlar savdoni to‘xtatgan.

Oqdaryolik tadbirkorning shikoyatiga shu tuman hokimligidan izoh olib bo‘lmadi.

O‘zbekistondagi “Ijtimoiy fikr” so‘rov markazi o‘tgan yil dekabr oyida e’lon etgan hisobotida o‘zbekistonliklarning 98¸9 foizi plastik kartochka va terminallardan foydalanishga ijobiy munosabatda ekanligi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, hozir mamlakatda 20 milliondan ortiq plastik kartalar muomalaga kiritilgan, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga o‘rnatilgan terminallar soni esa 200 ming donadan oshadi.

XS
SM
MD
LG