Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 13:13

Muhammad Solih: Mirziyoevning xalqqa yaqinlashish harakatlari menga samimiy ko‘rindi!


Muhammad Solih.

23 mart kuni O‘zbekiston Xalq harakati raisi¸ mamlakat mustaqilligi uchun kurashib¸ so‘ngra¸ mustaqil O‘zbekiston hukumati tazyiqi ostida vatandan chiqib ketishga majbur bo‘lgan Muhammad Solih Shavkat Mirziyoevni qo‘llovchi ilk videobayonot bilan chiqdi.

Uzoq yillar Toshkent hukumati tomonidan “murosasiz muxolifatchi” sifatida taqdim etib kelingan Muhammad Solih¸ Ozodlik bilan suhbatda bunday umidvor bayonotga undagan sabablar haqida gapirdi.

- Shavkat Mirziyoevning konstitutsiyaga xilof tarzda prezidentlik vakolatini qo‘liga olganini tanqid qilgan edim va hozir ham bu ishning to‘g‘ri bo‘lmaganini aytaman. Lekin uning prezident sifatida qilayotgan ishlari¸ xususan¸ yillar davomida unutilgan xalq oldiga chiqib¸ uning dardiga quloq sola boshlagani Mirziyoevning niyati yaxshi va samimiy ekaniga nisbatan¸ menda ham umid uyg‘otdi. Bugun xalq Mirziyoevdan jiddiy o‘zgarishlar kutayotgan ekan¸ shu xalqning bir bo‘lagi sifatida¸ ular orasida men ham borman¸ dedi jumladan Muhammad Solih.

Ayni paytda¸ muxolifatning taniqli namoyandasi Shavkat Mirziyoevni¸ xalq ishonch va tayanchiga suyanib¸ mamlakatda jiddiy siyosiy va iqtisodiy islohotlarni boshlashga da’vat qildi:

- Bugun Mirziyoevga¸ u qilmoqchi bo‘laëtgan iqtisodiy o‘zgarishlarga kuchli qarshilik ko‘rsatayotgan qudratli guruh borligi to‘g‘ri. Lekin prezidentning ortida butun bir davlatning kuchi-qudrati bor. Shuning uchun uning “yaxshi ishlar qilmoqchiman¸ lekin mana bular yo‘q bermayapti”¸ degan bahona qilishga haqqi yo‘q. Prezident jasur bo‘lib¸ davlatni uni chirmovuqdek o‘rab olgan mafiyadan qutqarishi lozim. Buning uchun yillar kerak emas¸ bu ishni zudlik bilan qilish kerak¸ deydi Muhammad Solih.

O‘XH yetakchisi bilan suhbatni quyida to‘lig‘icha tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:05 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG