Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 01:58

Ishqibozlar Babayan iste’fosini talab etmoqda


O‘zbekiston futbol jamoasining Suriyaga mag‘lub bo‘lishi ortidan muxlislar yana terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste’fosini talab qila boshladi. 23 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Malayziyada Suriya terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik muxlislarning keskin noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Fut.Uz, Stadion.Uz kabi yirik futbol saytlarida hamda turli ijtimoiy tarmoqlarda ishqibozlar yana terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanning iste’fosini talab qila boshlashdi.

Ishqibozlar Samvel Babayanning iste’fosini talab qildi
Ishqibozlar Samvel Babayanning iste’fosini talab qildi

Shu mag‘lubiyatga oid har bir habar ostida yuzlab va minglab sharhlar qoldirilib, ularda juda keskin fikrlar bayon etilmoqda.

Hatto eng babayanparast hisoblangan Chempionat.Aziya saytida ham muxlislar Samvel Babayan va O‘zbekiston futbol federatsiyasi (O‘FF) rahbari Mirabror Usmonovning iste’fosini talab qilishdan charchashmayapti.

O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Bobomurod Abdulla esa “Feysbuk” tarmog‘i orqali O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga ochiq xat yo‘llagan.

“Termani oshpazga topshirib ko‘rsak-chi!..” deya sarlavhalangan ushbu maktubda jurnalist o‘zbek futboli rahbaridan tajriba tariqasida “termaga murabbiylik qilishni biron bir oshpazgami, qandolatchigami, salatchigami yoki zavzalgami topshirsangiz qanday bo‘lar ekan?” deb so‘ragan.

O‘FF rahbariyati va milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanni avvaldan tanqid qilib kelayotgan jurnalist kinoya va sarkazmga to‘la o‘z maktubida: “Bunday ishning yaxshi tomoni shunda-ki, bu toifa murabbiyga ko‘p pul sarflash kerak emas. Restoran to‘laydigan maoshga ham ishlayveradi”, degan.

Ochiq murojaatning so‘ngida esa xat muallifi Mirabror Usmonovga qarata: “Axir boshmurabbiy lavozimiga tayinlanayotgan odamning asl kasb-kori Sizni qiziqtirmaydi-ku!” degan va Samvel Babayanning asl kasb-kori futbol murabbiyligi emas, menejerligi, ya’ni xo‘jalik boshqaruvchiligi ekanligini eslatib o‘tgan.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga mag‘lubiyati haqida, shuningdek, Xayrulla Hamidov va Qahramon Aslanov kabi taniqli jurnalistlar ham kechaning o‘zida tanqidiy maqolalar e’lon qilishgan.

Ijtimoy tarmoqlarda va futbol jurnalistlari o‘rtasida keskin munozaralarga sabab bo‘layotgan Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy qilib 2015 yilda tayinlagan.

Bu lavozimda S. Babayan o‘zidan avval ishlagan hamkasblari qatori terma jamoani jahon chempionati saralashining so‘nngi bosqichiga olib chiqdi.

Uning qo‘l ostida O‘zbekiston termasi hozirgi bosqichning ilk turlarida nisbatan kuchsiz termalarni engib, “A” guruhida bir muddat peshqadam ham bo‘lib turdi.

Lekin Janubiy Koreya va Eron kabi kuchli termalarga kelganda Samvel Babayan jamoasining asl kuchi va ojiz tomonlari yaqqol ko‘rinib, ketma-ket mag‘lubiyatlar yuz berdi.

23 mart kuni esa, uning boshqaruvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtamiyona Suriya termasiga ham yutqazib, yana muxlislarning g‘azablanishiga va iste’fo talab qilishiga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG