Линклар

Шошилинч хабар
25 январ 2021, Тошкент вақти: 09:29

Prezident Mirziyoev Sharof Rashidov 100 yilligini nishonlashga qaror qildi


Sharof Rashidov namanganlik mashhur rais Ahmadjon Odilov bilan.

Prezident Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror chiqardi.

Prezident qaroriga muvofiq¸ Rashidov tug‘ilib-o‘sgan Jizzax viloyatida unga bag‘ishlangan memorial kompleks tashkil etiladi va haykal o‘rnatiladi; yosh avlodni davlat arbobining hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzaxda Rashidov uy muzeyi ochiladi.

Bundan tashqari, prezident qarorida Rashidov va uning ijodiga bag‘ishlangan kitoblarni chop etish¸ jumladan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan Sharof Rashidov “Saylanma”si hamda Rashidov haqidagi xotiralardan iborat “Xalqimizning buyuk farzandi” to‘plami nashr etilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq¸ Rashidov to‘g‘risida hujjatli film olinadi¸ “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixidagi roli”, deb nomlangan ilmiy anjuman¸ noyabr oyida Jizzax va Toshkentda rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Avvalroq O‘zbekiston Senati Jizzax viloyati Jizzax tumanini Sharof Rashidov tumaniga aylantirilishi to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan edi.

Sharof Rashidov nomini tiklash, mustaqil O‘zbekistonning 2-prezidenti Shavkat Mirziyoevning saylovoldi va’dalaridan biri edi.

1917 yilda tug‘ilgan Sharof Rashidov 1959-1983 yillar davomida O‘zbekiston kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining 1-kotibi lavozimida 24 yil ishlab, respublikani boshqargan edi.

1983 yil - SSSR Bosh prokuraturasining "o‘zbek ishi" deb nomlangan maxsus tekshiruvlari boshlanishi ortidan vafot etgan Sharof Rashidov hayoti va o‘limi haqida O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng jimlik hukm surib kelayotgan edi.

Rasmiy ma’lumotlarda Rashidovning yurak xurujidan vafot etgani aytilsa-da¸ yillardan beri rasmiy xulosani mutlaqo inkor qiladigan versiyalar ham aytilib keladi. Ba’zilar Rashidovni zaharlangan, desa, boshqalar otib o‘ldirilgan, deydi, hatto o‘zini o‘zi otgan, deydiganlar ham bor.

Ozodlik bilan suhbatda bevosita Sharof Rashidov bilan birga ishlagan taniqli jurnalist Sharof Ubaydullaev¸ sovet O‘zbekistonini eng uzoq boshqargan Rashidov o‘limi bilan bog‘liq ziddiyatli versiyalarga munosabat bildiradi.

OzodNazarPlus: Шароф Рашидов вафот этганми ёки ўлдирилганми? 1-қисм
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:20:18 0:00
Бевосита линк
OzodNazarPlus: Шароф Рашидов вафот этганми ёки ўлдирилганми? 2- қисм
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:50 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG